Myanma davlatiga safar qilgan AQSh qonunchilari mahalliy hukumatni Rakxayn viloyati bo’yicha Maslahat komissiyasi tavsiyalarini bajarishga, mintaqadagi vaziyatni o’rganish va gumanitar yordam tashkil qilish maqsadida BMT va nodavlat tashkilotlarga Rakxaynga kirishga ruxsat berishga chaqirmoqda.
Komissiyaga BMT sobiq Bosh kotibi Kofi Annan boshchilik qiladi. Guruh Kofi Annan jamg’armasi bilan hamkorlikda tuzilgan.
Myanmaga borgan amerikalik senatorlar nazarida, Rakxaynda roxinjalik musulmonlarga qarshi etnik tozalashlar ro’y bergan.
“Harbiylar va mahalliy guruhlarning roxinjaliklarga qarshi zulm-zo’ravonligidan tashvishdamiz. Salkam 300 qishloq vayron etilgan, 600 mingdan ziyod odam qo’shni Bangladeshga qochgan”, - deydi demokrat-senator Jeff Merkli.
AQSh Davlat departamenti sobiq Birmadagi vaziyatni etnik tozalash deb belgilashi mumkin.
O’tgan hafta bu mamlakatga tashrif buyurgan Davlat kotibi Reks Tillerson xavfsizlik kuchlari va mahalliy posbonlar tomonidan keng miqyosda sodir etilgan vahshiyliklar haqidagi hisobot va xabarlardan tashvish bildirgan edi.
Rim Papasi Fransisk oy oxirida Myanmada uch kun bo’lishi kutilmoqda.
Facebook Forum