Breaking News

Yana bir amerikalik Zimbabveda sherni otib o'ldirgan


Stomatolog Uolter Palmer o'ldirgani aytilayotgan Sesil nomli arslon
Stomatolog Uolter Palmer o'ldirgani aytilayotgan Sesil nomli arslon

Zimbabve hukumati yana bir amerikalikni mamlakatda sherni otib o’ldirganlikda ayblamoqda.

Biroz avval mamlakat rasmiylari Vashingtondan minnesotalik stomatolog Uolter Palmerni nodir bir sherni o’ldirgani uchun ekstraditsiya qilishni so’ragan edi.

Endi esa Zimbabve pensilvaniyalik doktor Jan Kasimir Seskini noqonuniy ovchilikda ayblanmoqda. U aprel oyida Xvange milliy bog'i yaqinida bir sherni kamon bilan o’ldirgan.

Hodisa yuz bergan joyning egasi va ov tashkilotchisi Hedmen Sibanda hibsga olingan. Hududda sher, qoplon va fillarni o’ldirish taqiqlab qo’yilgan.

O’tgan hafta Uolter Palmer Sesil ismli mashhur arslonni o’ldirgani ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv va g’azab uyg’otgan edi.

Palmer 28-iyul kuni bayonot chiqarib, u 1-iyulda sherni o’ldirgan payti qonuniy harakat qilganini va barcha kerakli hujjatlarni qo’lga kiritganini ma’lum qildi.

Palmerning Zimbabvedagi gidi noqonuniy ovni to’xtatmagani uchun hibsga olingan. U yaralangan sherni parkdan tashqariga aldab olib chiqib, so’ng miltiqdan otib o’ldirgani haqidagi ayblovni inkor etdi.

Ogayodagi Kolumbus hayvonot bog’i direktori Jek Hannaning aytishicha, o’tgan 70 yilda sherlar soni keskin kamayib ketgani uchun ularni ovlash ko’p joyda taqiqlangan.

Ayni paytda AQSh Baliqchilik va hayvonot dunyosi xizmati Palmerning ishini o’rganayapti. Xabar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo’lgandan beri stomatolog jamoat joylarida ko’rinish bermagan; idorasi ham yopiq. Unga nisbatan o’lim tahdidlari yangragan.

Senator Robert Menendez Kongressda yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan hayvonlar importini taqiqlash haqida yangi qonun loyihasini olg’a surgan.

Bu voqea g'oyib bo'lish arafasida turgan jonivorlarni himoyaga olish, tabiatni avaylash zaruratini baralla aytish uchun imkoniyat, deydi mutaxassislar. Afrikada bunday ovchilik an'anasini tugatish fursati yetdi, deydi ular. Aytish kerak, qit'ada ov qilayotganlarning ko'pi davlatmand amerikaliklar.

13 yoshli Sesil olimlarning kuzatuvida edi.
13 yoshli Sesil olimlarning kuzatuvida edi.

13-yoshli Sesil Zimbabvening faxri, sayyohlarning suygan jonvori edi. 2012-yilgi suratl
13-yoshli Sesil Zimbabvening faxri, sayyohlarning suygan jonvori edi. 2012-yilgi suratl

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG