Breaking News

AQSh va Janubiy Koreya rahbarlari Oq uyda muhim hujjat imzoladi


AQSh Prezidenti Jo Bayden Janubiy Koreya rahbari Yun Sok Yelni Oq uyda qarshilab, Qo’shma Shtatlar uning mamlakatini Shimoliy Koreya bosqinidan himoya qilishga shay ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Xalqaro hayot - 27-aprel, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:54 0:00

“Shimoliy Koreyaning AQSh yoki uning ittifoqchilari va hamkorlariga qarshi yadro hujumini qabul qilib bo’lmaydi. Bunday harakat unga qo’l urgan har qanday tuzumning yo’q bo’lishiga olib keladi. Koreya Xalq Demokratik Respublikasining yomonlashayotgan xatti-harakatlarini jilovlashni kuchaytirish va to’liq maslahatlashuv bo’yicha kelishuvga erishdik”, - dedi Bayden.

“Vashington deklaratsiyasi” deb ataluvchi ushbu kelishuv Pxenyan hujumiga qarshi mudofaani kuchaytirishni ko’zlaydi. Ko’proq ma’lumot almashinuvini yo’lga qo’yish maqsadida Qo’shma Shtatlar yadroviy maslahat guruhini tashkil etadi, uning doirasida olib boriladigan AQSh qurollarini qo’llash bo’yicha muhokamalarda Seulga faolroq ishtirok etish imkoni beriladi. Janubiy Koreya esa o’z navbatida 1975-yilda ratifikatsiya qilingan Yadro qurollarini tarqatmaslik haqidagi shartnoma doirasida yadrosiz maqomini saqlab qoladi.

“Shimoliy Koreya yadro qurolini ishga solgan taqdirda mamlakatlarimiz tez, katta kuch va qat’iyat bilan javob berishga, ittifoqning bor harbiy qudratini, jumladan AQSh yadro qurollarini qo’llashga kelishib oldik”, - dedi Janubiy Koreya rahbari.

Bayden boshqa mavzular ham muhokama qilinganini aytdi.

“Tayvan bo’g’ozida tinchlik va barqarorlikni targ’ib qilish, Janubiy Xitoy dengizi va boshqa dengizlarda harakatlanish erkinligini ta’minlashni muhokama qildik. Ukraina xalqiga Rossiyaning Ukraina ozodligi, hududiy daxlsizligi va demokratiyasiga shafqatsiz hujumiga qarshi turishda birgalikda yordam berishimizni ham ta’kidladik”, - dedi Bayden.

AQSh va Janubiy Koreya Koreya urushi tugaganidan beri 70 yil davomida ittifoqchilik aloqalarini saqlab kelmoqda. Biroq tahlilchilar Janubiy Koreyada yangi bitimning kuchi va ishonchliligi bo’yicha shubhalar borligini aytadi.

“Shartnomada Janubiy Koreyaning o’z yadro salohiyatini rivojlantirish ehtimoli yo’qqa chiqariladi, AQSh va Janubiy Koreya Shimoliy Koreya tahdidi bilan birgalikda shug’ullanishi kerakligiga urg’u beradi. Biroq kelishuv Janubiy Koreya matbuotida AQShga ishonch va Janubiy Koreyaning zaifliklari masalalarida muhokama etilayotgan xavotirlariga barham bermaydi. Xalq nazarida, mamlakat Shimoliy Koreya yadro tahdididan mustaqil ravishda himoya qilishga qodir bo’lishi kerak”, - deydi Vashingtondagi Xalqaro aloqalar kengashidan Skot Snayder.

Shu bilan birga, mutaxassis Seul va Vashington o’rtasida jumladan fazo sohasidagi hamkorlik salohiyatining oshayotganini ta’kidlaydi.

Janubiy Koreya rahbari AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris va Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti bilan ham ko’rishdi, AQSh Fazoni tadqiq etish agentligida bo’ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG