Breaking News

AQSh fazoga ilk parvozning 60 yilligini nishonlamoqda


Alan Shepard - AQShning ilk fazogiri
Alan Shepard - AQShning ilk fazogiri

AQShning NASA fazo agentligi ilk amerikalik fazogir Alan Shepardning koinotga birinchi parvozining 60 yilligini nishonladi. Shepard birinchi sovet kosmonavti Yuriy Gagarinning tarixiy parvozidan 23 kun o’tib kosmosga ko’tarildi.

Xalqaro hayot – 7-may, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:30 0:00

“Shepardning parvozi tufayli bugungi fazo dasturiga egamiz. Uning yutuqlarisiz dasturimiz hozirgiday bo’lmasdi”, - deydi NASA bosh tarixchisi Brayan Odom.

Uning aytishicha, Gagarinning parvozi ketidan Qo’shma Shtatlar fazo poygasida qattiqroq harakat qilishga kirishdi.

“Agar Shepardning parvozi muvaffaqiyatli bo’lmaganida edi, Prezident Kennedi o’sha paytda yangi parvozlarga qiziqish ko’rsatmasdi. 15 daqiqalik parvoz bilan Shepard Kennediga ishonch bag’ishladi. U shundan keyin Kongressga borib, fazoni tadqiq etish uchun qo’shimcha pul so’radi”, - deydi Odom.

Alan Shepard 1988-yilda vafot etdi, ammo o’zidan keyin NASA kelajagini shakllovchi ulkan meros qoldirdi.

“Fazogirlar tarkibining xilma-xilligi bugungi eng muhim narsalardan biridir. NASA xodimlari ham shunday, mamlakat bo’ylab, dunyo bo’ylab bunga guvohmiz”, - deydi tarixchi Odom.

“Amazon” kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos rahbarligidagi “Blue Origin” fazo kompaniyasiga qarashli suborbital fazo kemasiga Shepardning nomi berilgan. 20-iyul kuni kimoshdi savdosi g’oliblari ushbu raketada ilk bor koinotga ko’tariladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG