Breaking News

Amerikaliklar orasida o'z joniga qasd qilish hollari ko'paygan


Sidneyda suiqasd qurbonlari xotirasiga bag'ishlanib gulchambarlar qo'yildi
Sidneyda suiqasd qurbonlari xotirasiga bag'ishlanib gulchambarlar qo'yildi

Yangi ma’lumotlarga ko’ra, 1999-2014-yillarda AQShda o’z hayotiga qasd qilish hollari 24 foizga ko’paygan.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish davlat markazi chiqargan hisobotda qayd etilishicha, 2006-yildan keyin 90-yillardagi iqtisodiy o’sish to’xtagani, 2008-yilga borib esa iqtisodiy inqiroz boshlangani sababli suiqasd hollari keskin ko’paygan.

Yoshi 75 ga yetmagan erkaklar orasida hayotdan o'z xohishi bilan ketganlar soni 1999-2014-yillarda 43 foizga oshgan.

Ayollar orasida esa hayotdan to'yganlar yoshi 45 dan 64 gacha bo’lganlar orasida eng ko’p bo’lgan. 2014-yilga borib ayollar orasida suiqasd hollari 1999-yilga qaraganda 80 foizga ko’paygan.

Odatda bunday holatlar ko’proq erkaklar orasida uchraydi. Ammo so'nggi 15 yilda ayollar ularga deyarli yetib olgan.

Hayotdan ko’z yumish uslublariga kelsak, erkaklar o’qotar qurollarni afzal ko’radi: 2014-yilda o'z joniga qasd qilgan erkaklarning 55 foizi aynan shu yo’lni tanlagan. Ayollar orasida esa o’zini otganlar 31 foizga teng. Bu o’zini zaharlagan ayollardan sal kamroq.

1999-yilga qaraganda nafasini qisib o’lish ommaviylashgan – har to’rt suiqasddan biri shunday uslubda bo’lgan. 1999-yilda har besh holatdan biri.

Mutaxassislar hayotdan ko’z yumishga qaror qilgan odam bilan suhbatlashish va uni bu yo’ldan qaytarish ahamiyatiga urg’u beradi. Buning ustiga, suiqasd vositasi, ya’ni qurol yoki zaharli moddani yashirish ham inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Biroq suiqasd haqida o’ylayotganlar, albatta, ruhshunos yordamini olishi va maxsus terapiyadan o’tishi lozim, deydi mutaxassislar.

Yoshi 10 dan 64 gacha bo’lganlar orasidagi o’lim hollarining 10 ta eng asosiy sabablaridan biri aynan suiqasddir, vaholanki tibbiyot sohasidagi yutuqlar tufayli bugunda amerikaliklar uzoqroq umr ko’rmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG