Breaking News

Tahlilchilar AQShga Tayvan bilan aloqalarni kuchaytirishni tavsiya qilmoqda


Tramp ma’muriyati salkam 4 yilda Tayvan bilan aloqalarga jiddiy urg’u berdi. Rasmiy tashriflar, qurol savdosi, yangi iqtisodiy muloqot shular jumlasidan.

Tahlilchilar AQShga Tayvan bilan aloqalarni kuchaytirishni tavsiya qilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:07 0:00

“Tayvan jonli demokratik mamlakat va ishonchli hamkor bo’lib, ushbu muloqot o’zaro iqtisodiy aloqalarimiz kuchli ekanini va rivojlanayotganini ko’rsatmoqda. Muloqot, shuningdek, xavfsiz va ishonchli ta’minot yo’llarini, 5G texnologiyasi xavfsizligi, sog’liqni saqlash va boshqa yo’nalishlardagi xavfsizliklarni ta’minlashda hamkorligimizni kuchaytirishga yordam beradi”, - dedi AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo.

Qo’shma Shtatlar Xitoyni Sovet Ittifoqi ta’siri doirasidan chiqarish maqsadida 1979-yilda Pekin bilan diplomatik aloqa o’rnatib, rasman Xitoy Respublikasi deb yuritiluvchi Tayvan bilan rasmiy diplomatik aloqani to’xtatadi. Xitoy orol davlatni o’z hududi deb biladi. AQSh bunday siyosatga qarshilik bildirmaydi, ammo Tayvan bilan norasmiy darajada aloqa qilishi Xitoy noroziligiga uchrab turadi.

“Xitoy AQSh va Tayvan o’rtasidagi har qanday rasmiy aloqaga keskin qarshi. Bu boradagi siyosatimiz aniq va hamisha shunday bo’lgan. Tayvan masalasi Xitoy uchun nozik ekanini AQSh tan olishiga da’vat etamiz”, - dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Jao Litzyan.

Tahlilchilarga ko’ra, Tramp ma’muriyati Tayvanga xayrixoh siyosat AQSh-Xitoy aloqalariga zarar yekazishi mumkinligidan xavotirda emas. So’nggi 2 yilda Tayvan mudofaa salohiyatini kuchaytirish maqsadida Oq uy 16 milliard dollarlik qurol savdosini ma’qulladi.

“Tayvan bo’g’ozida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashning eng yaxshi yo’li Tayvan milliy mudofaasi va xavfsizligini kuchaytirishdir. AQShning mintaqadagi kuchlari Xitoyning orolga qarshi har qanday harbiy harakatini qaytarishga tayyor”, - deydi AQSh-Tayvan biznes kengashi prezidenti Rupert Xemmond-Chambers.

Kuzatuvchilar prezidentlikka saylangan Jo Bayden ham Tayvan xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash uchun u bilan hamkorlikni davom ettirishi kerak, deydi.

“Tayvan bilan ayniqsa texnologiyalar, raqamli savdo, 5G va ta’minot yo’llari bobida strategik muloqot va hamkorlikni ikki karra oshirishni tavsiya qilamiz”, - deydi Vashingtondagi Strategik va xalqaro izlanishlar markazi vitse-prezidenti Maykl Grin.

Ikki tomon rasmiylari so’nggi bor noyabr oyida uchrashib, shu yo’nalishlarda hamda yangilanuvchi energiya va global salomatlik bobida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG