Breaking News

Romni: Amerika iqtisodi va qudratini qayta tiklayman

Payshanba kechqurun Respublikachilar partiyasi qurultoyida so’zlagan Mitt Romni rasman prezidentlikka nomzodlikni qabul qildi. Siyosiy faoliyatining eng muhim nutqida u "Amerika - buyuk davlat" degan maqomni tiklashga va’da berdi.

Televideniye orqali efirga uzatilgan nutqni millionlab amerikaliklar tomosha qildi.

“Prezident Obamaning muvaffaqiyatga erishishini istardim, chunki men Amerika muvaffaqiyati uchun qayg’uraman. Biroq uning va’dalari barchamizning umidlarimizni puchga chiqardi va millatni ajratdi”, - dedi amaldagi prezidentni nishonga olgan Romni.

“Biz vaziyatni o'zgartirishimiz kerak. Sizning yordamingiz bilan, albatta, o’zgartiramiz”, - dedi u delegatlar va saylovchilarga murojaat qilar ekan.

“Men amerikalikman. O’z taqdirimni o’zim belgilayman. Men, farzandlarim va oilam bundan yaxshiroq hayotga loyiq, qolaversa, mamlakat bundan yaxshiroq hayotga loyiq, deyish vaqti keldi!” - dedi Romni.

Kuzatuvchilar uning chiqishini respublikachi prezident, marhum Ronald Reyganning 1980-yilgi nutqiga o’xshatdi.

Romni, shuningdek, shaxsiy hayoti haqida gapirdi. Ota-onasini yodga oldi, mormon dinida ham to’xtaldi.

Iqtisodga alohida urg’u berar ekan, Romni “mamlakat ehtiyojlarini tushunish qiyin emas. Amerikaga yangi ish joylari kerak”, dedi.

Uning va’dalari orasida Obama 2010-yilda joriy etgan, sog'liqni saqlash tizimiga doir qonunni bekor qilish, mamlakatda qazib olinadigan neft hajmini oshirish, hukumat xarajatlarini qisqartirish va biznes uchun soliqlarni kamaytirish kabilar bor.

Mitt Romnining qurultoydagi nutqini tomosha qiling (ingliz tilida).

Romni, bundan tashqari, Amerikaning dunyodagi qudratini qayta tiklash kerak, “erkin dunyo – tinch dunyo” deya ta’kidladi.

Respublikachilar qurultoyi. Romni - nomzod

Mitt Romni
1/14 Mitt Romni
Qurultoy
2/14 Qurultoy
Vitse-prezidentlikka nomzod Pol Rayan qurultoyda nutq so'zladi
3/14 Vitse-prezidentlikka nomzod Pol Rayan qurultoyda nutq so'zladi
Delegatlar
4/14 Delegatlar
Prezidentlikka sobiq da'vogarlardan biri Nyut Gingrich rafiqasi Kallista bilan
5/14 Prezidentlikka sobiq da'vogarlardan biri Nyut Gingrich rafiqasi Kallista bilan
Mitt Romni nabiralari bilan mehmonxonada qurultoyni televideniye orqali tomosha qilmoqda
6/14 Mitt Romni nabiralari bilan mehmonxonada qurultoyni televideniye orqali tomosha qilmoqda
Texas delegatlari
7/14 Texas delegatlari
Sobiq Davlat kotibasi Kondolizza Rays qurultoyda chiqish qildi
8/14 Sobiq Davlat kotibasi Kondolizza Rays qurultoyda chiqish qildi
Mitt Romni va Pol Rayan
9/14 Mitt Romni va Pol Rayan
Nyu-Meksiko shtati gubernatori Suzana Martinez ham qurultoyda nutq so'zladi
10/14 Nyu-Meksiko shtati gubernatori Suzana Martinez ham qurultoyda nutq so'zladi
Pol Rayan oilasi bilan
11/14 Pol Rayan oilasi bilan
Pol Rayan
12/14 Pol Rayan
Delegatlar
13/14 Delegatlar
Prezidentlikka sobiq nomzod Jon Makkeyn ham nutq so'zladi
14/14 Prezidentlikka sobiq nomzod Jon Makkeyn ham nutq so'zladi
Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG