Amerika harbiylari Polshaga yetib bordi

  • Amerika Ovozi

Polshaning Zagan shahrida Amerika qo'shinlarini tantanali kutib olish marosimi o'tmoqda. 12-yanvar, 2017-yil.

Amerika harbiylari va tanklari shu hafta Polshaga kirib borgan. Rossiya buni o'z xavfsizligiga tahdid deya talqin qilayapti. Harbiylar qo'shini Germaniyadan Polshaga o'tgan.

"Yaqin kunlarda askarlar mashqlarga kirishadi. Harbiylar tezkor ravishda yetib kelgani ittifoqchilar bilan jamoa bo'lib ishlay olishimizni, uzoq masofani tezda bosib o'ta olishimizni namoyish etdi", - deydi armiya rasmiysi Kristofer Norri.

Qo'shma Shtatlar Polshaga jami 3 mingdan ziyod askar joylamoqchi. Harbiylar va tanklar Polsha va NATOga a'zo qo'shni davlatlar, jumladan, Estoniya, Latviya, Litva, Ruminiya, Bolgariya va Vengriyada mashqlar o'tkazadi.

Obama ma'muriyati shu tariqa Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga javob chora ko'rmoqda. Kreml buni Rossiya manfaatlari va xavfiszligiga tahdid deya talqin qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG