Breaking News

Noma'lum uchar jismlar xavfsizlikka tahdidmi?


AQSh Mudofaa vazirligi 2020-yil aprelida chop etgan tasvir. Unda noma'lum uchar jism tasvirlangan
AQSh Mudofaa vazirligi 2020-yil aprelida chop etgan tasvir. Unda noma'lum uchar jism tasvirlangan

AQSh Harbiy-dengiz kuchlari uchuvchilarining antiqa qobiliyatga ega uchar jismlarni osmonda ta’qib etishi Pentagondagi rasmiylarning asabiylashishiga sabab bo’ldi.

Xalqaro hayot - 28-may, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:31 0:00

Noma’lum uchar jismlarga kelganda AQSh rasmiylari odatda sukut saqlashni afzal ko’radi. Biroq vaziyat o’zgarayotgandek.

Harbiy-dengiz kuchlariga qarashli samolyotdan tasvirga tushirilgan bir videoda ekipaj a’zolarining katta tezlikda, mohirona uchib ketayotgan jismlarga munosabatini eshitish mumkin.

Videoni Pentagonning 2007-yilda tuzilgan maxfiy operativ guruhi suratga tushirgan. Guruh noma’lum havo hodisalariga doir holatlarni to’plab, tahlil qiladi.

Uchta ana shunday video internetga qo’yilishi ketidan Pentagon 2020-yilda harbiylar tomonidan videoga olingan tasvirlarning haqiqiy ekanini tasdiqladi.

Ma’lumotlarning oshkor etilishi AQSh hukumatidagi yuqori darajali rasmiylarni noma’lum uchar jismlarga tezkorlik va ochiqlik bilan qarashga majbur qildi, jumladan sobiq prezidentni.

“Osmonda uchib yurgan jismlar videosini ko’rdik. Ularning nimaligini bilmaymiz, qanday harakatlanishini, trayektoriyasini tushuntira olmaymiz”, - deydi Barak Obama.

Pentagon iyun oxirida Kongress va jamoatchilikka turli davlat idoralaridan noma’lum uchar jismlariga doir olingan ma’lumotlar tahlil qilingan hisobotni taqdim etishi kutilmoqda.

“Milliy xavfsizlik inshootlari ustidan jismlar uchib yuribdi. Ularning nimaligini bilmaymiz. Bizga qarashli emas. Aniqlashimiz kerak”, - deydi respublikachi senator Marko Rubio.

Pentagon noma’lum uchar jismlarni 70 yil oldin o’rgana boshlagan. Oxirgi bir necha o’n yilda rasmiylar hodisalarni izohlashdan bosh tortib keldi, garchi jismlar osmonda tez-tez ko’rinib tursa-da. Oddiy fuqarolar hodisalarni mustaqil ravishda o’rganishga kirishdi.

“Noma’lum uchar jismlarni so’nggi bir necha yildan beri kuzatib kelyapmiz. Qo’limizdagi barcha dalillar odamlardan olingan guvohliklar. Bu ajoyib. Jismlarning borligiga bir necha yil oldin ishonch hosil qilganman, ammo qo’limizdagi materiallar shunchaki odamlarning guvohliklari. Bizga esa jiddiyroq axborot kerak. Shu sabab harbiy-dengiz kuchlari tushirgan videolar va barcha ma’lumotlar biz uchun qiziqarlidir”, - deydi Noma’lum uchar jismlarni o’rganuvchi markazdan Mark Rodegayr.

Eng ajoyib voqealardan biri Kaliforniya sohillari yaqinida ro’y berdi. Avianosetsdagi radar noodatiy shaklda harakatlanayotgan uchar jismlarni qayd etdi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida ikkita F-18 qiruvchi samoyotlari havoga ko’tarildi.

Har ikki pilot va ularning sheriklari 5 daqiqa davomida silindr shaklidagi apparat haqidagi taassurotlari bilan o’rtoqlashdi. Ulardan biriga ko’ra, jism o’zini fizika qonunlari asosida tutmagan va tez orada g’oyib bo’lgan.

Apparat 100 kilometr narida qayta paydo bo’lib, uni uchinchi pilot tasvirga tushirgan.

Pentagon tayyorlayotgan hisobotning asosiy maqsadi bu jismlarning tahdid darajasini tahlil qilishdan iborat. Biroq kuzatuvchilar qo’shimcha ma’lumot olishga umid qilmoqda.

“Bu sohaga qiziqib, u bilan shug’ullanayotgan odamlar uchun bu juda muhim. Hodisa haqiqiy va uni jiddiy ravishda o’rganish kerak”, - deydi Mark Rodegayr.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG