Breaking News

Amerikalik ekspertlar: Vashington Ukrainaga harbiy yordamni to'xtatmasligi kerak


Amerikalik harbiy instruktor ukrainalik harbiylarga saboq bermoqda
Amerikalik harbiy instruktor ukrainalik harbiylarga saboq bermoqda

Ukraina sharqidagi Donbass rayonida kechayotgan ixtilof Vashingtonda Prezident Donald Trampga qarshi impichment masalasi bo’yicha bo’layotgan tergovda aks-sado bermoqda. 2014-yilda boshlangan mojaroda 13 ming odam nobud bo’lgani aytilmoqda. AQSh Ukrainaga harbiy yordamni o’shanda oshirgan edi.

Amerikalik ekspertlar: Vashington Ukrainaga harbiy yordamni to'xtatmasligi kerak
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00

“O’shandan beri Obama ma’muriyati ham, Tramp ma’muriyati ham ancha harbiy texnika uzatgan. Radarlar, tunda ko’rish ko’zoynaklari, “Xamvi” rusumidagi transport vositalari, dubulg’alar. Tramp ma’muriyati Obama berishni istamagan qurollarni uzatdi. Masalan, tankka qarshi sistemalarni. AQSh ukrainalik harbiylarni sharqdagi rus bo’lginchilariga qarshi kurashda tayyorlamoqda”, - deydi Vashingtondagi “Atlantika kengashi” tahlil markazidan Mark Simakovskiy.

Tramp iyul oyida Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan telefon qo’ng’irog’idan oldin Ukrainaga atalgan harbiy yordamni to’xtatib qo’ydi, biroq suhbat mazmuni sentabr oyida oshkor bo’lganidan so’ng taqiqni olib tashlashga majbur bo’ldi.

Shundan so’ng ikki prezident Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi kunlarida uchrashdi.

Ukraina Donbassdagi urushga chek qo’yishni, sharqda bo’lginchilar safida jang qilayotgan rossiyaliklarning hududdan chiqishini istaydi. Ekspertlarning aytishicha, bunga erishish uchun Ukraina prezidenti AQSh rahbari bilan yuzma-yuz ko’rishib turishi, harbiy yordam olib turishi kerak.

AQShning Ukrainadagi vaqtincha elchisi Uilyam Teylorning Kongressdagi impichment tinglovida aytishicha, Ukrainaning muzokaralarda qo’li baland bo’lishi uchun Vashingtonning Kiyevga yordami o’ta muhim.

“Agar yordamni to’xtatsak yoki to’xtatamiz desak, bu Ukraina uchun ham, Ukrainaning zaif tomonlarini qidirayotgan Rossiya uchun ham signal bo’ladi”, - deydi diplomat.

Teylorning aytishicha, Ukraina Ikkinchi jahon urushidan so’ng Yevropa tinchligiga hissa qo’shib kelgan barcha qonun-qoidalarni buzayotgan Rossiyaga qarshi qaratilgan xalqaro kampaniyada faol.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG