Breaking News

Ukraina saylovlar oldidan notinch


Yakshanba kuni Ukrainada prezident saylovi. Ammo mamlakat sharqida vaziyat notinch. AQSh 25-may kungi saylovlar rejadagidek o’tishi kerak deya undamoqda, vaholanki, Ukrainaning ayrim hududlarida fuqarolar ovoz bera olmasligi mumkin.
Ukraina saylovlar oldidan notinch - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:28 0:00
Yuklab oling

Portlashlar Ukraina xavfsizlik kuchlari va rossiyaparast jangarilar o’rtasidagi so’nggi to’qnashuvlardan darak. Janglar asosan Slavyansk shahrida kuzatilmoqda. U yerda Vyacheslav Ponomaryov Kiyev hokimiyatini tan olmasligini ma’lum qilib, o’zini mer etib tayinlagan.

“Ukraina rahbarlari doim bosqinchi bo’lgan va shundayligicha qolmoqda. Biz qilayotgan ishlar o’zimiz uchun emas, xalq uchun. Xalq o’z taqdirini o’zi belgilasin,” - dedi u.

Sharqiy Ukrainaning boshqa qismlarida chuqurlashayotgan nizo belgilari yaqqol ko’zga tashlanmoqda.

BMTning inson huquqlari bo’yicha bosh kuzatuvchisi Ivan Simonovich:

“Bizga kelib tushgan ma’lumotlarga ko’ra, 250 dan ziyod odam o’ldirilgan, shu jumladan mahalliy aholi, milliy xavfsizlik kuchlari askarlari va jangarilar. Namoyishchilarga aslo qurol berilmasligi kerak va ularning harbiylashgan guruhlarga aylanishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Qurollangan guruhlar darhol qurollarini topshirsin”.

Vashington yakshanba kungi prezident saylovlari Ukrainani barqarorlashtiradi, degan umidda. Oq uy matbuot kotibi Jey Karni:

“Biz, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Ukraina hukumati va hamkorlarimiz e’tibori saylovlarni rejadagidek o’tkazishda. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti saylovga tayyorgarlik yaxshi ketayotganini bildirmoqda”.

Ukrainadagi vaziyat Obama ma’muriyatining tashqi siyosatini tanqid qilayotganlarga qo’l keldi. Sobiq vitse-prezident Dik Cheyni “Fox” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh rahbarining so’z va harakatlarini pisand qilmayapti deb aytdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG