Breaking News

AQSh vaksina diplomatiyasi qanday bo'ladi?


AQShda 125 million odam koronavirusga qarshi emlanib bo’lgan. Bu aholining 38 foizi. Yana 138 million odam yoki 48 foizi vaksinaning birinchi dozasini oldi. 12 dan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar ham emlanmoqda.

Xalqaro hayot - 21-may, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:39 0:00

Bayden ma’muriyati ortiqcha vaksinani boshqa mamlakatlarga yubormoqchi.

Xitoy va Rossiya kabi Qo’shma Shtatlar ham vaksina diplomatiyasini ishga solmoqda, biroq Amerikaniki nimasi bilan farq qladi?

“Biz vaksinalardan boshqa mamlakatlardan foyda ko’rish maqsadida foydalanmaymiz”, - dedi Jo Bayden.

AQSh rahbarining hafta boshida aytishicha, BMTning “KOVAKS” dasturi uchun “AstraZeneka” kompaniyasi ishlab chiqargan vaksinaning 80 million dozasi beriladi. Ushbu dastur kam daromadli mamlakatlarni bepul vaksina bilan ta’minlashga qaratilgan.

AQSh rasmiylariga ko’ra, Amerikaning vaksina diplomatiyasi vaksina evaziga biror foyda undirishga harakat qilayotgan Rossiya va Xitoynikidan farq qiladi.

“Xitoy va Rossiya vaksinanisini oz-ozdan uzatib, siyosiy foyda olishga, ta’sirini kuchaytirishga intilmoqda. Biz esa pandemiyaga qarshi ommaviy ravishda kurashmoqchimiz”, - deydi AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligida COVID-19 ga qarshi kurash guruhi rahbari Jeremi Konindik.

Bayden “Katta Yettilik” guruhining iyunda bo’ladigan sammitidan oldin pandemiyaga qarshi global miqyosda kurash strategiyasini tayyorlamoqchi. Sanoatlashgan davlatlar bu masalada yetakchi bo’lishni istaydi, ammo shu bilan birga, rivojlanayotgan mamlakatlar aynan ularni vaksinani g’amlab olganlikda ayblaydi.

“Boy davlatlar aholisining 100 foizi, jumladan, bolalarni ham emlab bo’lganidan keyin ham yana 1,3 milliard doza vaksina qoladi. Yoki deylik, aholisining 70 foizini emlab bo’lganidan so’ng 2 milliard doza qoladi. Biz ulardan hozirdan ortiqcha vaksinani dunyo bo’ylab tarqatishni rejalashni so’rayapmiz”, - deydi rivojlanayotgan mamlakatlarda qashshoqlik va kasalliklarning oldini olish bilan shug’ullanuvchi notijoriy "ONE Campaign" tashkiloti vakili Jenni Ottenxoff.

Global tibbiy inqirozlarga qarshi kurashda o‘tmishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan AQShda, deydi kuzatuvchilar, Rossiya va Xitoyga qaraganda tajriba va ustunlik ko’proq.

“Xoh G’arbiy Afrikada ebolaga qarshi kurash bo’lsin, xoh OITS, bezgak yoki silga qarshi kurashuvchi global jamg’armaga moliyaviy yordam berish bo’lsin, AQSh doim muhim rol o’ynab kelgan va COVID-19 ga qarshi kurashda ham liderlikni qo’lga oladi”, - deydi tadqiqotlar va texnik xizmatlar bilan shug’ullanuvchi “RTI International” kompaniyasidan Richard Raytinger.

Ba’zilar Qo’shma Shtatlarning koronavirusga qarshi kurashini Ikkinchi jahon urushidan so’ng G’arb mamlakatlariga iqtisodiy tiklanishda yordam bergan Marshall rejasiga qiyoslaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG