Breaking News

AQSh dunyo miqyosida qanday tahdidlar bilan yuzlashmoqda?


Según el Ministerio de Defensa, más de 35.000 hombres y mujeres de las fuerzas militares y de la policía colombiana demostraron sus capacidades durante el desfile.
Según el Ministerio de Defensa, más de 35.000 hombres y mujeres de las fuerzas militares y de la policía colombiana demostraron sus capacidades durante el desfile.

AQSh Senatida o’tgan tinglovda qatnashgan mamlakat razvedka xizmatlari rahbarlari dunyo bo’ylab Amerika xavfsizligiga tahdidlar nimadan iborat ekanini bayon qildi.

Ularga ko’ra, Shimoliy Koreya yadro dasturidan butunlay voz kechmaydi, Eron esa 2015-yilda imzolangan xalqaro yadro bitimi shartlariga rioya qilmoqda. Tramp ma’muriyati aksincha Tehronni bitim shartlarini buzayotganlikda ayblab keladi.

AQSh Milliy razvedka xizmati direktori Den Koutsning aytishicha, dunyoda xavfsizlikka tahdidlar talaygina.

“Qo’shma Shtatlar yuzlashayotgan tahdidlar ko’lami turlicha bo’lib, eng muhim manfaatlarimizga tahdidlar joriy yilda oshishi kutilmoqda. Tahdidlarning qay biri kattaroq ahamiyatga ega ekanini aniqlash borgan sari qiyinlashmoqda”, - deydi Kouts.

U Xitoy va Rossiyani alohida tilga oldi.

“Xitoy harakatlaridan uning global ustunlikka erishishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasini payqasa bo’ladi. Kreml esa G’arbdagi siyosiy va xavfsizlik institutlarini bo’lib qo’yish, Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan xalqaro tartibni izdan chiqarishga qaratilgan kampaniyasiga zo’r bermoqda”, - deydi Kouts.

AQSh qonunchilari Xitoy va Rossiya ittifoqidan ham xavotirlanmoqda.

“Agar bu ikki davlat kelishib harakat qilsa, bizga katta muammo tug’diradi”, - deydi Senat razvedka qo’mitasida mustaqil a’zo Angus King.

Prezident Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un bilan navbatdagi sammitga hozirlanar ekan, senatorlar Pxenyan yadro dasturini qanchalik qisqartirishga tayyor ekanini bilmoqchi.

“Shimoliy Koreyaning harbiy salohiyati yetarlicha yuqori. Qo’shinlarining 70 foizi Janubiy Koreya bilan noharbiy zonada joylashgan. Bir yil oldingi salohiyat va tahdid hali ham mavjud”, - deydi Harbiy razvedka boshqarmasi direktori general-leytenant Robert Eshli.

Tinglovda Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jina Xaspel ham ishtirok etdi.

“Uning aytishicha, Eron uning yadro dasturini cheklovchi xalqaro bitim shartlariga rioya qilmoqda. Biroq bitim ular kutgan iqtisodiy foyda keltirmadi va hozir rasmiy doiralarda shartnoma ahamiyati munozara qilinmoqda”, - deydi u.

Tramp Suriyada “Islomiy davlat” jangari to’dasi mag’lub etildi deyishiga qaramay, Xaspel bunday xulosadan o’zini tiydi.

“Guruh hali ham xavfli, ayni damda eng yirik sunniy terror guruhi, Iroq va Suriyada minglab jangarilari bor”, - deydi rasmiy.

Tinglovda Venesueladagi vaziyat ham tahlil qilindi.

Milliy razvedka rahbariga ko’ra, bu mamlakatda vaziyat juda qaltis, uning yechimi Venesuela xalqi qo’lida.

Senator Kingning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Maduro hukumatini kuch bilan ag’darishga harakat qilmasligi kerak, chunki bunday harakatning oqibati qanday bo’lishi noma'lum..

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG