Breaking News

USAID Boliviyadan haydaldi


Boliviya prezidenti Ivo Morales
Boliviya prezidenti Ivo Morales
AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Boliviyadan haydalmoqda. Bu mamlakat prezidenti Ivo Morales agentlikni Boliviya ichki ishlariga aralashganlikda ayblamoqda.

Bundan keyin Qo’shma Shtatlar Boliviya iqtisodiyoti va siyosatini nazorat qila olmaydi, dedi Morales 1-may bayramidagi chiqishida.

AQSh Davlat departamenti Boliviya da’volarini rad etmoqda.

"Xalqaro taraqqiyot agentligi 1964-yildan beri Boliviyaga ko’p sohalarda yordam berib kelgan", - deydi department so’zlovchisi Patrik Ventrel.

Agentlik so’nggi 50 yilda turli dasturlar uchun salkam ikki milliard dollar sarflagan. Biroq Boliviyada 2006-yilda hokimiyatga so’lchi Ivo Morales kelganidan beri ikki davlat munosabatlari sovuqlashgan.

2008-yilda AQSh elchisi ham mamlakatdan haydalib, Amerikaning narkotiklarga qarshi kurash bo’yicha agentligining udorasi yopilgan edi.

O’tgan yili Kreml ham AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligini mamlakat ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblab, Rossiyadagi faoliyatini tugatishga buyurgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG