Breaking News

O'zbekiston moliya rasmiylari Vashingtonda sarmoya haqida gapirdi


O’zbekiston Markaziy banki raisining o’rinbosari Ilhom Norqulov O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida, 11-aprel, 2019-yil

Vashingtonda Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg’armasining bahorgi qo’shma majlisida qatnashish uchun O’zbekistondan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari O’zbekiston elchixonasida mahalliy moliya va sarmoya kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.

O'zbekiston moliya rasmiylari Vashingtonda sarmoya haqida gapirdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:29 0:00

O’zbekiston Markaziy banki raisining o’rinbosari Ilhom Norqulov va moliya vazirining o’rinbosari G’olib Xoljigitov respublikaning moliyaviy ahvoli va xorijiy sarmoya uchun imkoniyatlar haqida ma’lumot berishdi.

Shu yil yanvarida hozirgi lavozimiga tayinlangan G’olib Xoljigitov o’tgan yili Moliya vazirligi qoshida tashkil etilgan va o’zi boshqarayotgan Davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish agentligi haqida ma’lumot berdi.

O'zbekiston moliya vazirining o’rinbosari G’olib Xoljigitov
O'zbekiston moliya vazirining o’rinbosari G’olib Xoljigitov

Unga ko’ra, O’zbekiston hukumati sarmoyadorlar uchun muhitni yaratish maqsadida infratuzilmani yaxshilashga, energetika, transport, suv taqsimoti, ijtimoiy va sog’liqni saqlash sohalarini takomillashtirishga zo’r bermoqda va shu yo’nalishlardagi loyihalarga Jahon banki yordamida xususiy sektorni jalb qilish ko’zda tutilgan.

Vazir o’rinbosari quyosh energiyasini ishlab chiqarishga ham e’tibor qaratilayotganini, bu sohaga 42 ta kompaniya qiziqish bildirganini, sog’liqni saqlash sohasiga esa Xalqaro moliya korporatsiyasi yordamida 100 million dollargacha sarmoya jalb qilish imkoni borligini aytdi.

O'zbekiston moliya vazirining o’rinbosari G’olib Xoljigitov
O'zbekiston moliya vazirining o’rinbosari G’olib Xoljigitov

G’olib Xoljigitovning aytishicha, qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, soliq tizimini isloh qilish, aholini qonunchilik faoliyatiga jalb qilish ham sarmoya uchun ijobiy muhitni yaratishga xizmat qiladi.

Markaziy bank raisining o’rinbosari Ilhom Norqulov iqtisodiyotni erkinlashtirish O’zbekistonning besh yillik taraqqiyot strategiyasidagi asosiy yo’nalishlardan biri dedi. Unga ko’ra, hukumat siyosiy irodasi tufayli ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda, xorijiy valyuta bozori barqarorlashtirildi, iqtisodiyotning turli jabhalari, xususan, bank tizimida strukturaviy o’zgarishlar, makroiqtisodiy siyosatni o’zgartirish rejalanmoqda.

Moliya vazirligining 2019-2021-yillarga berayotgan prognoziga ko’ra, kelasi uch yilda yalpi ichki mahsulot ikki foizga o’sib, davlat byudjeti kamomadi 1 foizga tushishi, inflyatsiya darajasi salkam olti foizga qisqarishi kutilmoqda.

O'zbekiston makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi - 2019-2021-yillar
O'zbekiston makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi - 2019-2021-yillar

Nyu-Yorkda joylashgan “Oppenxaymer” sarmoya banki va moliya xizmatlari kompaniyasining ijrochi direktori Farhod Inog’omboyevning aytishicha, O’zbekiston uchun yirik sarmoyadorlarni jalb qilish oson bo’lmaydi.

Bo’lajak sarmoyadorlar uchun moliyaviy va iqtisodiy shaffoflikni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan kelishuv asosida iqtisodiyoti va moliyasiga tegishli barcha ma’lumotlarni oshkor etishga qaror qilgan. Islom Karimov prezidentligi paytida inflyatsiya, davlat byudjeti, iqtisodiy o’sish va boshqa makroiqtisodiy ma’lumotlar nafaqat jamoatchilikdan, balki xalqaro moliya tashkilotlaridan ham sir saqlangan edi.

Ilhom Norqulovning aytishicha, O’zbekiston xorijiy valyuta zaxirasidagi oltin miqdorini qisqartirib, AQSh obligatsiyalarini sotib olmoqchi. Ayni paytda O’zbekistonning salkam 27 milliard dollarga teng valyuta zaxirasining yarmi oltindan iborat. Bundan tashqari, so’mni to’liq konvertatsiya qilish uchun zarur qadamlar qo’yilmoqda, dedi u.

Ikki oy oldin O’zbekiston London fond birjasida jami bir milliard dollarga teng yevroobligatsiyalarini sotuvga chiqardi. Bu ham O’zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov nazarida, xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilishga yordam beradi. Qo’chqorov ham Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg’armasining bahorgi qo’shma majlisida qatnashdi.

  • 16x9 Image

    Odil Ruzaliev

    Odil O'zbek xizmatiga 2005-yilda kelgan. Diktor va prodyuser. AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) xalqaro aloqalar sohasida magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekiston TV 1-kanalida ingliz tilidagi yangiliklar – FCN (First Channel News) – ko'rsatuvining muallif-boshlovchisi edi. "Axborot" dasturida mehnat qilgan. Odil ko'p yillar AQShning Toshkentdagi elchixonasi axborot bo'limida ishlagan. O'zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan qator maqolalar muallifi. Farg'ona shahrida tug'ilgan.

    Odil Ruzaliev is a reporter, radio and TV anchor, web editor and producer for Voice of America’s Uzbek Service since 2005. Prior to joining VOA, he worked at the State Radio and TV of Uzbekistan, BBC International’s Central Asia region, and was a regular Contributor for CNN World Report. He has also worked as an Information Assistant at the US Embassy in Tashkent, Uzbekistan. He was the creator and host of the TV program First Channel News, Uzbekistan’s first English language news broadcast. In his spare time he is a freelance photographer. A native of Ferghana Valley, Uzbekistan, Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. In addition, he was an exchange student at Pace University in New York City and holds a master’s degree in international affairs from the Fletcher School of Law and Diplomacy at Tufts University in Medford, Massachusetts.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG