Din

Orlandolik o'zbek imomi Nyu-Yorkdagi xurujni qoralamoqda

  • Amerika Ovozi

Florida shtatining Orlando shahridagi Al-Buxoriy Islom markazi direktori Ilyosxon Toshho'jayev 31-oktabr kuni Nyu-Yorkda sodir etilgan xurujga munosabat bildirdi.

O’zbek imomi Sayfullo Soipov qo’l urgan jinoyatni qoralarkan, xurujning na o’zbek millati va na islom diniga aloqasi borligini aytadi.

“Bu diniy emas, balki axloqiy masala”, - dedi u.

Al-Buxoriy Islom markazi Orlandoda shu yil avgust boshida ochilgan. Asosiy maqsadi yosh avlodni diniy va dunyoviy sog’lom e’tiqodda yetishtirishlikdir, deydi Ilyosxon Toshho’jayev.

Markaz rahbari O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sentabr oyida Nyu-Yorkka borganida u bilan uchrashib, markaz haqida ma’lumot berishga harakat qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG