26-avgust kuni Nyu-Yorkda “Mustaqillik kubogi-2023” an’anaviy futbol turniriga start berildi. Turnir Bruklinda faoliyat ko’rsatadigan Amerikadagi o’zbekistonliklar “Mahalla USA” tashkiloti va O’zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi hamkorligida, O’zbekiston Mustaqilligi 32 yilligiga bag’ishlab o’tkazilyapti.
Musobaqalarda 10 shtatdan 15 jamoa qatnashmoqda. Final o’yinlari va xalq sayli 27-avgust kuni o’tadi.
Futbol musobaqalari 2016-yildan buyon Qo’shma Shtatlardagi o’zbekistonlik vatandoshlarni birlashtirib keladi.