O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga rasmiy safarini yoritish uchun O'zbekistondan bir guruh jurnalistlar kelgan. Oq uy yaqinidagi "Sofitel" mehmonxonasida ularning ishlashi uchun matbuot markazi tashkil etilgan.
"Amerika Ovozi" tajribali va taniqli ikki jurnalist Bobur Alixonov va Sherzodxon Qudratho'jayev bilan o'zbek jurnalistikasining bugungi kuni, so'nggi ikki yilda matbuot bobidagi o'zgarishlar haqida suhbatlashdi.
Bobur Alixonov O'zbekiston Bosh prokuraturasi Axborot-tahlil multimedia markazi direktori, Sherzodxon Qudratho'jayev esa Xalqaro press klub raisi bo'lib ishlamoqda. Har ikkisi O'zbekiston milliy televideniyesining
"Axborot" direksiyasida ham ishlagan.
-
Odil Ro'zaliyev
Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan.
Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.