Breaking News

Vashingtonda Qirg'iziston janubidagi zo'ravonliklarga qarshi namoyish o'tdi


50 ka yaqin o'zbekistonlik va qirg'izistonlik AQSh ma'muriyatidan xunrezliklarni to'xtatishga yordam so'rab, turli shtatlardan kelgan.

13 iyun kuni Vashingtonda Oq uy qarshisida Qirg'iziston janubidagi xunrezliklarga qarshi namoyish uyushtirildi. AQSh ma'muriyati diqqatini fojiaga qaratish maqsadida tadbirda 50 ka yaqin o'zbekistonlik va qirg'izistonliklar ishtirok etdi. Piket qatnashchilari Vashingtonga turli shtatlardan kelishdi.

Namoyishchilar turli shiorlar bilan chiqishdi. "Qirg'izistonda qon to'kilishlarini to'xtating", "Etnik o'zbeklarni himoya qiling", "Janob Obama, Qirg'izistonda tinchlikni ta'minlashga yordam bering". Namoyishni kuzatib turgan vashingtonlik Larri Klarkning aytishicha, Qo'shma Shtatlar mana shunday paytlarda yordam qo'lini darhol cho'zishi lozim.

"AQSh nega zo'ravonliklarni to'xtatmayotgani meni taajjublantiradi. Boshqa joylarda faolmizku axir. Dunyo hamjamiyati haqiqatni bilishi kerak, ammo bilmaydi. Siz chiqishingiz bilan ularni boxabar qilasiz. Men bu ishingizni qo'llab-quvvatlayman. Zora prezident Obama quloq tutsa."

Qirg'iziston janubidagi o'zbeklar Rossiya, O'zbekiston yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti zo'ravonliklarni to'xtatish yo'lida yordam berishidan umidini uzar ekan, Vashingtondagi namoyish ishtirokchilari AQSh hukumati fojiaga diqqat qaratadi, deya umid bildirmoqda.

(Maqolaning to'liq ko'rinishini video shaklida quyida tomosha qilishingiz mumkin)



Bugun Janubiy Koreya poytaxti Seulda ham 200 dan ziyod o'zbekistonlik va qirg'izistonliklar namoyishga chiqqan.



Ertaga Nyu-York, London va boshqa shaharlarda ham shu kabi namoyishlar o'tishi rejalangan. Zo'ravonliklardan jabr ko'rganlarga yordam jamg'armasi tuzilmoqda. Xorijdagi o'zbeklar moddiy yordam berish niyatini bildirgan.

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

XS
SM
MD
LG