Breaking News

Sodiq Safoyev: Farovonlik demokratik institutlar rivojlanishini talab qiladi


Ayni damda Vashingtonga O’zbekistondan bir guruh senator va deputatlar mehmon bo'lib turibdi. Safarni AQSh Kongressi qoshidagi Ochiq dunyo yetakchilik dasturi (Open World Leadership Program) va AQSh Demokratiya instituti uyushtirgan. Oliy Majlis a’zolari tashrifidan maqsad Amerika davlat organlari faoliyati bilan tanishish va tajriba almashish. Ikki davlat qonunchilari va arboblari bugungi aloqalar va hamkorlik xususida ham gaplashmoqda.

O'zbekiston Oliy Majlisi a'zolari Vashingtonda/Senator Sodiq Safoyev bilan suhbat, Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:00 0:00
Yuklab oling

Oliy Majlis a'zolari AQShda, demokratik taraqqiyot - asosiy mavzu/O'zbekiston/Navbahor Imamova lavhasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:00 0:00
Yuklab oling

Bundan bir yil oldin biz Ochiq dunyo yetakchilik dasturi rahbari Jon Okif (John O'Keefe - video) bilan suhbatlashganimizda, keksa diplomat Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik haqida gapirib, O’zbekiston Oliy Majlisi a’zolari bilan ishlashga urinayotganini aytgan edi. Bugungi delegatsiya - mana shu sa’y-harakatlar samarasi.

Respublika yuqori palatasida Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi, sobiq tashqi ishlar vaziri va 1996-2001 yillarda Vashingtonda elchilik qilgan Sodiq Safoyev bu tashrif ahamiyatini shunday tushuntiradi:

Senator Sodiq Safoyev, Tashqi aloqalar qo'mitasi raisi
Senator Sodiq Safoyev, Tashqi aloqalar qo'mitasi raisi
“O’zbekistonda hozir prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va bayon etilgan Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasi asosida siyosiy modernizatsiya jarayoni olib borilmoqda. Uning asosiy mazmuni - bizning jamiyatimizda ham xuddi rivojlangan jamiyatlar kabi hukumatning turli bo’g’inlari orasida muvozanatni saqlash mexanizmlarini yaratish. Tushunarliki, busiz zamonaviy jamiyatni barpo etib bo’lmaydi. Bugun bir narsa aniq: iqtisodiy o’sish va mamlakatimiz farovonligiga erishish birinchi navbatda demokratik institutlarni rivojlantirish va hokimiyatning zamonaviy harakat qilish usullarini bizda ham tadbiq etish bilan bog’liq. Mana shu mexanizmlarning asosiy ko’rinishi bu parlamentarizmning rivojlanishidir. Nafaqat markazda, shu bilan birga joylarda. Vakillik organlarining jamiyatda tutgan o’rni, jamiyatdagi jarayonlarga bo’lgan ta’sirini ko’rsatish bilan bog’liqdir. Parlament tomonidan ijroiya hokimiyatini nazorat qilish, qabul qilingan qonunlar ijro etilishini monitoring qilish, rivojlangan demokratik jamiyatlar tajribasini o’rganish, ular bilan fikr almashish muhim ahamiyat kasb etadi”.

Senator Safoyevning qayd etishicha, Vashingtondagi uchrashuv va muloqotlarda O’zbekistonda islohotlar qanday ketayotgani ham asosiy mavzulardan biri. Shuningdek, Oliy Majlis va Kongress orasidagi hamkorlikni mustahkamlash ham muhim vazifa, deydi arbob.

“Chunki bugungi zamonaviy dunyoda parlamentlararo muloqotsiz ikkitomonlama munosabatlarni tasavvur etib bo’lmaydi. Bugungi kunda parlament diplomatiyasi degan ibora paydo bo’ldi... U vakillar, ya’ni parlamentlar orasidagi aloqalarni o’z ichiga oladi. Biz o’zimiz bilan nafaqat tajriba olib ketamiz, balki AQSh Kongressi bilan kelajakda qilinadigan mushtarak ishlar haqida muhim natijalarga erishamiz. Ko’plab mushtarak masalalar bor: mintaqadagi xavfsizlik, iqtisodiy aloqalarimizni rivojlantirishdagi muammolari, islohotlarni rivojlantirishning yo’nalishlari ”.

Amerika rasmiylari O’zbekiston bilan ketayotgan muntazam muloqotdan, ayniqsa Afg’oniston yuzasidan hamkorlikdan mamnun ekanini aytib keladi. O’zbekiston qanday naf ko’rayapti bundan, deya so’raymiz senator Safoyevdan.

“Muloqot har doim muhim. Bugungi globallashayotgan dunyoda doimo fikr almashish va birgalikda qilinadigan ishlarni amalga oshirish uchun muloqot qilish - asosiy omillardan biri. Markaziy Osiyoda bugun muhim jarayonlar yuz berayapti. AQSh Markaziy Osiyo va unga yaqin bo’lgan o’lkalarda katta bir dasturlarni amalga oshirmoqda, shu jumladan Afg’onistonda. Bu borada biz albatta AQSh bilan fikr almashish va mushtarak dasturlarni amalga oshirishdan manfaatdormiz”.

Sodiq Safoyev deydiki, qonunchi va saylovchi orasidagi munosabatlarni rivojlantirish zarur. Markaziy parlament bilan birgalikda mahalliy qonunchilik organlari faoliyatini ham kuchaytirish kerak, deydi senator.

“Vakillik organining asosiy maqsadi - ularni saylagan xalqning orzu-umidlari va istaklarini ifoda etish… Milliy dasturlar bor. Sog’liqni saqlash, ta’lim, ish o’rinlari yaratish, iqtisodiy inqirozga qarshi choralarni amalga oshirish sohasida… Bularni mahalliy kengashlar, ya’ni xalq vakillarisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Bu o’rinda ular o’z o’rnini topmog’i lozim”.

Senator Safoyev boshchiligidagi delegatsiya Shimoliy Karolina shtatiga safar qilib, mahalliy hokimiyat bilan tanishdi. Vashingtonda Kongress a’zolari bilan suhbatlar, shuningdek, AQSh Xavfsizlik Kengashi va Davlat departamentida uchrashuvlar. Oliy Majlis a’zolari Vashingtonda ilm-fan va siyosat ahli bilan ham muloqot qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG