Breaking News

Toshkentda To'xtaboy masjidi yonida portlash, talafotlar yo'q


Toshkentda To'xtaboy masjidi yaqinida juma namozidan keyin portlash ro'y bergan. Voqea joyi maxsus xizmatlar tomonidan o'rab olingan, daxldor shaxslarni qidirish davom etmoqda.

Toshkentda To'xtaboy masjidi yonida portlash - Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:12 0:00

Ayrim manbalarga ko'ra, qo'lbola bomba avtobus bekatida qoldirilgan, jabrlanganlar yo'q.

Mahalliy faollardan biri Jahongir Shosalimov portlash yuz began joy militsiya tomonidan to'sib olingani, odamlar turli taxminlar haqida gapirishayotganini aytadi.

“Hozir voqea joyiga borib keldim, o'rab olingan, nima bo'lgani haqida ma'lumot yo'q. Odamlarni og'ziga esa elak tutib bo'lmaydi, har xil gap yuribdi. Voqea sodir bo'lgani, qattiq portlash bo'lgani aniq, boshqa tafsilotlar haqida hech qanday ma'lumot yo'q”, - deydi u.

Huquq himoyachisi Surat Ikromov ham faqat portlash sodir bo'lgani haqida eshitgan.

“Nima portlagan u yerda - portlovchi biror maxsus moddami yoki shishadan yasalgan bir narsami, tashlab qochib ketadigan, shuni men ham bilolmayapman. Afar odamlar zarar ko'rgan bo'lsa, buni biror mashg'ulot deb bo'lmaydi, ammo buni terror deyish ham qiyin. Xullas, hozircha aniq bir narsa deyish qiyin”, - deydi Ikromov.

So'nggi paytda Markaziy Osiyo davlatlari “Islomiy davlat” guruhi mintaqada keskin targ'ibot boshlaganidan xavotir bildirib keladi. Tojikistonda “Islomiy davlat” targ'ibotiga qarshi turishni maqsad qilgan ko'ngullilar guruhi tashkil qilingan.

O'zbekiston matbuotining yozishicha, so'nggi paytda “Islomiy davlat” guruhi malakali o'zbek kadrlarini o'z safiga jalb etish uchun yangi targ'ibot kampaniyasini boshlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG