Breaking News

Mustaqillik bayrami oldidan "Birdamlik" xalqni tinch kurashga undamoqda


旺角爆发支持和反占中人士的大规模对峙 (美国之音海彦拍摄)
旺角爆发支持和反占中人士的大规模对峙 (美国之音海彦拍摄)
O'zbekistonda istiqlolning 22 yilligi tantana qilinar ekan, xorijdagi muxolifat, xususan AQShda asoslangan "Birdamlik" harakati odamlarni Islom Karimov tuzumiga qarshi chiqishga chaqirmoqda.

Aytish joiz, shu yilning iyun oyida bu harakat lideri Bahodir Choriyevning otasi Hasan Choriyev jinsiy zo'ravonlikda ayblanib, Qashqadaryo viloyatida qamoqqa olingan edi. Sud uni besh yil va ikki oyga ozodlikdan mahrum etgan.

Choriyevlar oilasi O'zbekiston hukumatini tuhmatda, "Birdamlik" faoliyati uchun alamni otadan olayotganlikda ayblab tanqid qiladi.

Yaqinda Matluba Abdurahmonova, jabrlanuvchi, "YouTube"da e'lon qilingan videoda Hasan Choriyevni bir marotaba emas, bir yil davomida uzluksiz tajovuzda ayblab chiqdi.

Choriyevlarning tarafdorlari, mahalliy faollar, nazarida bu Milliy Xavfsizlik Xizmati tomonidan sahnalashtirilgan tomosha.

"Birdamlik" harakati rahbari Bahodir Choriyev 26-avgust kuni internetda bayonot berdi. Uning aytishicha, 'Birdamlik" demokratik va xalq harakati bo'lib, tinch va nozo'ravon kurash orqali "O'zbekistonni zolim diktator Islom Karimov changalidan ozod qilish uchun" 10 yildan buyon rejalangan uch qismdan iborat Rangli Inqilobni amalga oshirishga kirishgan.



O'zbekistonni 2005-yilda tark etgan Choriyevlar Missuri shtatida kun kechiradi. O'z transport biznesiga ega. Iyul oyi oxirida ulardan biri, Baxtiyor Choriyev xotinini azoblaganlikda ayblanib, politsiya tomonidan olib ketilgan. Bu borada O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasiga xabar berilgan. Keyinroq esa Baxtiyor Choriyevning rafiqasi u bilan yarashgan, er-xotinga sud maxsus oilaviy kurslardan o'tishni buyurgan.

Iyul oyi boshida oila Vashingtonda O'zbekiston elchixonasi va AQSh Davlat departamenti binosi oldida namoyishlar qilgan edi. Choriyevlar Islom Karimovni diktaturada ayblab, Amerika hukumatini u bilan hamkorlikni cheklashga va O'zbekistonda demokratik kuchlarni quvvatlashga chaqirib keladi.

Bahodir Choriyev, Birdamlik lideri bilan suhbat /Navbahor Imamova, Amerika Ovozi, 29-iyun 2013.Mp3
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:31 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG