Breaking News

Toshkent-Vashington aloqalari jonlangani Rossiyada qizg’in muhokamada


O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligida AQSh elchisi Jorj Krol bilan muzokara o’tgan. Uchrashuvda Toshkentda yakunlangan siyosiy mashlahatlashuv, AQSh sarmoyadorlari ishtirokida o’tgan biznes-forum xulosalari va boshqa masalalar muhokama qilingan.

Bu aloqalar iliqlashuvidan xavotirga tushgan Rossiya matbuotida Qo’shma Shtatlar O’zbekistonda harbiy baza ochmoqchi mazmunidagi maqolalar yangramoqda.

Vashington-Toshkent muzokaralari jonlangani turli mushohadalarga sabab bo’lmoqda.

“Kommersant” nashri Toshkent diplomatik doiralariga yaqin manbasiga tayanib, O’zbekiston va AQSh tezkor harbiy markaz ochish yuzasidan gaplashayotgani haqida yozgan edi.

“Eurasianet” nashri esa AQSh Davlat departamentidagi manbasiga tayangan holda bu ma’lumotni inkor etadi.

“Amerika mintaqaning biron davlati, shu jumladan, O’zbekiston bilan tezkor harbiy markaz ochish yuzasidan muzokaralar olib bormayapti. Bu borada taklif bilan ham chiqmagan”, - deyiladi raddiyada. Unda Rossiya matbuotidagi chiqishlar uydirmaga qiyoslanadi.

AQSh-O’zbekiston aloqalari Rossiya matbuotidagi qizg’in muhokama etilayotgan mavzulardan. O’zaro yaqinlashuv, Amerikaning mintaqada faollashuviga doir xavotirli chiqishlar ortida Kreml turgani ta’kidlanadi.

Boshqa tomondan, O’zbekistonda inson huquqlari bilan bog’liq vaziyat og’irligicha qolar ekan, Vashington-Toshkent munosabatlari rivoji o’zbek muxolifati e’tiroziga ham sabab bo’lmoqda. Oppozitsiya fuqarolik jamiyati, demokratiyani rivojlantirish bo’yicha ham aniq muloqot boshlashga chaqiradi.

“Yusuf Juma ozodlikka chiqarildi, bundan avval Mo’tabar Tojiboyeva ozod etilgan edi. Albatta, AQSh muloqot yordamida faollarni ozodlikka chiqarayapmiz, deyapti. Lekin demokratik kuchlarni qo’llab-quvvatlashdagi bir sobitqadamlik, diktaturaga qarshi esa keskin tanqidiy ruhdagi bir yondashuv yo’q. Birinchi o’ringa o’z manfaatini qo’yib, keyingi o’rinlarda inson huquqlari himoyachilariga oz-moz e’tibor berishi mumkin. Bu narsaning xatoligi bilib turib, qilinadi. Muloqot bo’lmasa, oxir-oqibat diktatura xalqni g’alayonga olib kelishi qanchadan beri aytib kelinadi. Albatta, bu jarayonlarda Rossiyaning ta’siri ham kuchli, Rossiya ham shunchaki qarab turmaydi”, - deydi faollardan biri Hazratqul Xudoyberdiyev.

Toshkent-Vashington aloqalari jonlangani Rossiyada qizg'in muhokamada, Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:03 0:00
Yuklab oling


Elchi Krolning mustaqillik kuni munosabati bilan tabrigida “Amerika O’zbekistonning demokratik jamiyat va erkin bozorni rivojlantirishga rag’batlantiruvchi ishonchli hamkori bo’lib qolishi” ta’kidlanadi.
Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton Toshkentda prezident Islom Karimov bilan ko'rishmoqda, 22-oktabr, 2011-yil.
Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton Toshkentda prezident Islom Karimov bilan ko'rishmoqda, 22-oktabr, 2011-yil.

AQSh rasmiylari ta’biricha, Toshkent bilan fuqarolik jamiyati va inson huquqlari bo’yicha muloqot davom etmoqda. Bu masala yaqinda siyosiy maslahatlashuvda muhokama qilingan.

Kuni-kecha esa Tashqi ishlar vazirigida elchi Krol bilan ushbu maslahat uchrashuvi va biznes forum yakunlari muhokama qilingan.

So’nggi muzokaralar AQSh va O’zbekiston orasida iqtisodiy hamkorlik jonlana boshlaganidan darak beradi. Biznes forum natijlariga ko’ra, Amerika sarmoyadorlari O’zbekistonga 3 milliard dollarga yaqin mablag’ kiritishni rejalamoqda.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG