Vashington choyxonasi: O'zbekistonning AQShdagi sobiq elchisi Bobur Malikov bilan suhbat

  • Amerika Ovozi

O'zbekistonning AQShdagi sobiq elchisi Bobur Malikov

"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi soniga O'zbekistonning AQShdagi birinchi elchisi, sobiq Adliya vaziri va Oliy sud raisi bo'lib ishlagan Bobur Malikovni taklif qildik.

Bobur Malikov bilan o'tgan yili avgust oyining oxirida, O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov vafot etgani haqida xabarlar chiqqan, ammo hali tasdiqlanmagan bir paytda suhbatlashgan edik. O'shanda Bobur Malikov O'zbekistonda ijobiy o'zgarishlar bo'lishiga ishonchi katta emasligini aytgan edi.

Oradan bir necha oy o'tdi. Mamlakatda yangi rahbar hokimiyatga keldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bir qator sohalarda islohotlar rejalarini e'lon qildi va shunga mos ravishda o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Bobur Malikovning bu o'zgarishlarga munosabati qanday? Uning hozirgi fikri avvalgisidan farq qiladimi? Suhbatimizda tajribali huquqshunosdan shunday savollarni so'radik.

Muloqotimizda O'zbekistonning tashqi siyosati, AQSh-O'zbekiston munosabatlari ham tilga olindi.

Suhbatni to'liq quyida tomosha qiling.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Fikringiz

XS
SM
MD
LG