Breaking News

Venesuela muxolifati saylovdan oldin Guaydo atrofida birlashmoqda


Xuan Guaydo
Xuan Guaydo

Venesuela dekabrga belgilangan saylovlarga hozirlanar ekan, muxolifat rahbari Xuan Guaydo parlamentda ko’pchilik o’rinlarni qozonishga umid qilmoqda. Bir necha muxolif partiya saylov soxtalashtirilishiga ishora qilib, jarayonni boykot qilishini bildirdi.

Xalqaro hayot – 10-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:26 0:00

Biroq ikki bor prezidentlikka nomzodini qo’ygan Enrike Kapriles hukumat bilan saylovlar halol bo’lishini ta’minlash xususida muloqot boshlagani ma’lum bo’ldi.

Yaqinda Prezident Nikolas Maduro tomonidan avf etilgan ko’zga ko’ringan muxolif qonunchi Freddi Gevara Madurodan qutulish uchun saylovda Guaydoni qo’llab-quvvatlash kerakligini aytdi.

Guaydo to’rtta asosiy muxolif partiya va 33 ta kichikroq partiyalar va siyosiy tashkilotlar bilan ittifoq tuzishga rozi bo’ldi.

Kapriles Yevropa Ittifoqidan parlament saylovlarini nazorat qilish uchun kuzatuvchi yuborishni so’rarkan, koronavirus epidemiyasi sabab 6-dekabrga belgilangan jarayonni kechiktirishga chaqirgan, biroq Prezident Maduro o’tgan dam olish kunlari saylov kuni o’zgarmasligini aytdi.

Venesuela Tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga o’tgan hafta maktub yo’llab kuzatuvchi yuborishni so’raganini aytarkan, saylov halol o’tishiga kafolat berdi.

Avgust oyida Prezident Maduro muxolifatning 100 dan ziyod arboblarini avf etib, qamoqdan chiqardi. Aksariyati 2019-yilda hukumatga qarshi amalga oshmay qolgan isyon ishtirokchilari, ba'zilari esa uzoq yil qamoqda o'tkazgan. Maduro surgundagi muxolifatchilarni ham avf etib, dekabr saylovlarida qatnashishga imkon berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG