Breaking News

Maduro muxolifat harakati yengilganini aytmoqda


Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro mudofaa vaziri bilan qurolli kuchlarni ko'zdan kechirmoqda

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro muxolifat va AQSh talabiga qaramay, hokimiyatdan ketishdan bosh tortmoqda. O’zini vaqtincha prezident deb e’lon qilgan Xuan Guaydo Maduroni iste’foga chaqirmoqda. Poytaxt Karakas va boshqa shaharlarda hukumatga qarshi namoyishlar bo’lib o’tdi.

Namoyishchilar sobiq so’lchi rahbar Ugo Chaves va uning vorisi Nikolas Maduroni iqtisodiy tanazzulda ayblamoqda.

“Yoshim 30 da. Hayotimning 20 yili hozirgi rejim hokimiyati ostida o’tdi. Shu vaqt mobaynida turmush sifati yomonlashdi, venesuelaliklar orasida bo’linish kuchaydi”, - deydi ulardan biri.

Harbiylar Maduroga sodiqligicha qolmoqda. Xalq orasida ham uni qo’llab-quvvatlayotganlar talaygina.

“Ultra o’ng qanot kuchlar maqsadiga erisha olmadi. Biz Maduroni himoya qilamiz”, - deydi prezident tarafdorlaridan biri.

AQSh va G’arb davlatlari Guaydoni, Rossiya, Kuba va Xitoy esa Maduro hukumatini qo’llab-quvvatlamoqda. AQSh hukumatiga ko’ra, Kuba uning xavfsizligini kuchaytirish uchun Venesuelaga askar jo’natgan.

Tramp ma’muriyati zo’ravonliklar yuz bersa, javob berishini bildirgan. Davlat kotibi Mayk Pompeo harbiy aralashuv ehtimoldan xoli emasligini aytdi.

“Prezident lozim bo’lsa, harbiylarni ishga solamiz, degan. Zo’ravonliklarning oldini olishga harakat qilyapmiz. Barcha taraflardan o’zlarini bunday harakatlardan tiyishni so’raganmiz. Hokimiyat tinch almashishini istardik. Maduro ketib, yangi saylovlar bo’lishi kerak”, - dedi Pompeo.

Maduroning televideniye orqali aytishicha, muxolifatning harakati mag’lubiyatga uchradi. Pompeoga ko’ra esa Maduro Karakasdan qochaman deb turganida, Rossiya uni qolishga ko’ndirdi.

AQSh Kongressi a’zosi Donna Shalalaning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Qo’shma Shtatlar Venesuelada xorijiy aralashuvga yo’l qo’ymaydi.

“O’tish jarayoni tinch bo’lishini, kubaliklar, ruslar, eronliklar – Venesuela siyosatiga aralashayotgan barcha tomonlarning daf bo’lishini istaymiz. Xuan Guaydo qonuniy rahbar”, - dedi floridalik demokrat qonunchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG