Venesuelada mamlakat bo’ylab ish tashlashlar kutilmoqda. Muxolifat tashabbusi bilan o’tkazilayotgan tadbir Prezident Nikolas Maduroni yakshanba kuni bo’ladigan ovoz berishni bekor qilishga undashga qaratilgan. Davlat rahbari konstitutsiyani yangilash maqsadida konstitutsion kengash tuzishni taklif etgan.
Ish tashlashlar chorshanba kuni boshlanib 48 soat davom etishi kutilmoqda. Juma kuni esa ommaviy norozilik namoyishi o’tkaziladi.
Hukumatga qarshi namoyishlar to’rt oydan beri davom etmoqda. Turli to’qnashuvlarda kamida 97 kishi o’lgan, minglab odam jarohat olgan.
Ish tashlashlardan oldin aholi oziq-ovqat va boshqa kerakli narsalarni jamlamoqda. AQShning Karakasdagi elchixonasi mamlakatdagi amerikaliklarga 72 soatga yetadigan miqdorda suv va yegulik olib qo’yishni, namoyishlar paytida uyda o’tirishni tavsiya qilmoqda.
Facebook Forum