Breaking News

AQSh mudofaa vaziri va davlat kotibi Senatdagi tinglovda qatnashdi


<span dir="RTL">ڈل جھیل کے اطراف پہاڑوں کی چوٹیوں پر بھی برف کی حکمرانی ہے جب کہ ایک کشتی جھیل کے برفیلے پانی میں رواں دواں ہے۔</span>
<span dir="RTL">ڈل جھیل کے اطراف پہاڑوں کی چوٹیوں پر بھی برف کی حکمرانی ہے جب کہ ایک کشتی جھیل کے برفیلے پانی میں رواں دواں ہے۔</span>

Tramp ma’muriyati vakillarining aytishicha, dunyo bo’ylab terrorchilarga qarshi harbiy amaliyotlarni olib borish uchun Kongressdan ruxsat olish shartmas.

AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis va Davlat kotibi Reks Tillerson Senat Tashqi aloqalar qo’mitasida kechgan tinglovda qonunchilardan jangovar harakatlarga ruxsat beruvchi yangi qonunni qabul qilish bilan birga eskisidan ham voz kechmaslikni so’ramoqda.

“Urushni oldindan bashorat qilib bo’lmaydi. Sharoitga moslashuvchan va bizni uzoq muddatli mojaroga chiday olmaydi deb o’ylaydigan dushmanga qarshi aniq bir jadval, reja tuzish mumkin emas. Bu dushman oz sonli kuchlar bilan tez-tez jang qilishini hisobga olishimiz kerak. Agar harbiy harakatlarimizga qachon yakun yasamoqchi ekanimizni unga ma’lum qilmasak, g’alabani ertaroq qozonishimiz ham mumkin”, - dedi mudofaa vaziri.

Tillersonning aytishicha, Kongress kelajak harbiy harakatlar jo’g’rofiyasini cheklamasligi zarur, chunki terrorchilarga qarshi kurash bir qit’adan ikkinchi qit’aga tez o’tishi mumkin.

Respublikachi va demokrat qonunchilar jangovar harakatlarga ruxsat beruvchi 16 yillik qonun eskirganini, terrorga qarshi bugungi kurash xususiyatlarini hisobga olmasligini aytib, uni yangilashga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG