Breaking News

Vashington choyxonasi: Yuk mashinasi haydash biznesini qanday boshlash mumkin?

  • Amerika Ovozi

AQSh iqtisodiyotida yuk mashinalarining o'rni katta. Chunki iste'molchi qo'liga yetib boradigan istalgan mahsulot borki, hammasi AQShning bir chekkasidan ikkinchi chekkasiga, asosan, yuk mashinalari orqali tashiladi. Yiliga ushbu biznesda milliardlab dollar pul aylanadi.

AQShda yashovchi o'zbekistonliklar orasida yuk mashinasi haydovchisi bo'lib ishlaydiganlar yoki shu biznes bilan shug'ullanuvchilar ko'p. Missuri shtatida yashovchi Bobur Hasan ana shunday tadbirkorlardan biri.

Biz uni "Vashington choyxonasi"ga taklif qilib, AQShda yuk tashish biznesida ishlashning o'ziga xos jihatlari va mashaqqatlari haqida gaplashdik. Shuningdek, bu sohada yuz berayotgan texnik o'zgarishlar hamda talablar haqida ham suhbatlashdik.

Quyida suhbatimizni tomosha qiling.

Vashington choyxonasi: Yuk mashinalari biznesi haqida Bobur Hasan bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:22:03 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG