Breaking News

Ayol jurnalistlarga bepisandlik ortidagi siyosiy tanglik


Xalqaro hayot - 18-iyun, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:54 0:00

Xalqaro hayot - 18-iyun, 2019-yil

Nikaragua bir yarim yildirki, siyosiy tanglikda. Hukumat bosimi, tajovuzkorligi haqida 300 dan ortiq muxbir xabar bergan. Fikr erkinligini himoya qiluvchi Violeta Chamorro jamg’armasiga ko’ra, Nikaragua matbuotida ayollarning xavfsizligi ta’minlanmagan.

Hukumat va muxolifat namoyishchilarinining to’qnashuvi roppa-rossa 14 oy oldin boshlangan. Bunga matbuot xodimlari tajovuz va bosim, do’q-po’pisalarga uchrayotgani sabab.

“Nishonga olinayotganlar asosan ayollar. Odamlar ijtimoiy tarmoqlar, xususan feysbuk orqali po’pisa qiladi. Telefon qilib terrorchisan, o’lganing yaxshi edi, deya haqorat qilishadi”, - deydi mahalliy jurnalist Jeraldin Domingez.

Violeta Chamorro jamg’armasi xabariga ko’ra, hukumat ayol jurnalistlarni ta’qib qilishi kuchaygan. Ularga odatda bo’hton uyushtirib, obro’sizlantirish harakatlari ko’p. Domingez shunday jamiyatda muxbirlikni tanlagan.

“Haqiqatni aytmaslikning imkoni yo’q, odamlar ahmoq emas, nimalar bo’layotganini ko’rib turibdi. Mustaqil media tashkilotlarining mas’uliyatsizligiga ko’z yumib bo’lmaydi, axir”, - deydi u.

Jamiyatshunos Mariya Blendonning tahliliga ko’ra, Nikaraguadagi siyosiy tanglikka ba’zi rasmiylarning aynan ayol muxbirlarga noto’g’ri munosabati sabab.

“Hukumat rasmiylari ayol jurnalistlarga bepisand. Nikaragua amaldorlaridan biri Lamberto Kampbell, masalan muxbir kuchli savol berganida shunchaki javob bermagan, aksincha jinsiy bosimga berilgan. Hatti-harakatlari bilan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qiladi, gap otadi”, - deydi Mariya Blendon.

Biroq davlat radio kanali direktori Tirsa Sainz ayol va erkak muxbirlarga ham hukumatning munosabati birday degan fikrda.

“Matbuot o’tgan yili hukumat ishini yoritishi kerak edi. Ularning o’zi tarafkashlik qilmasa, zo’ravonlikka uchramaydi”, - deydi u.

Siyosiy tanglik boshlangandan beri xafvsizligidan xavotirlangan 67 jurnalist Nikaraguani tark etgan. Ularning 25 nafari xotin-qizlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG