Breaking News

Jahon Banki: Janubiy Koreya aholisi qarimoqda


Jahon banki o’tkazgan izlanish natijasiga ko’ra, Janubiy Koreya demografik inqirozni boshdan kechirmoqda. Iqtisodiyot hajmi bo’yicha Osiyoda to’rtinchi o’rinda turgan bu mamlakatda o’tgan yili ilk bor aholi soni tushgan. Izlanishdan ma’lum bo’lishicha, Janubiy Koreya aholisi tez qarimoqda, tug’ilish sur’ati pastga qarab ketmoqda.

Xalqaro hayot – 16-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:55 0:00

Janubiy Koreya 1970-yillarda iqtisodiy yuksalishga yuz tutdi. Natijada ayollar ishga chiqa boshladi, oilani rejalash kampaniyasi, jumladan sterilizatsiya, olib borildi.

Nokdo orolidagi bugungi manzara mamlakatdagi demografik muammoni yaqqol aks etadi. Bir paytlar baliqchilik gurkiragan bu joyda odam ko’p bo’lardi.

Lyu Chan He mana shu oroldagi oz sonli bolalardan biri. Uning birdan-bir orzusi - ko’proq do’stlarga ega bo’lish.

"Nokdoda tirbandlik yo’q, havosi toza. Ko’chada maza qilib o’ynasa bo’ladi, ammo do’stlarim kam bu yerda”, - deydi u.

Milliy urbanizatsiya va tug’ilishni nazorat qilish siyosati doirasida 11 yil oldin orolda yopilgan maktab 2017-yilda yolg’iz bolakay uchun qayta ochildi.

Nokdoda 100 ga yaqin odam qolgan. 66 yashar Kim Si Yan qishloq gavjum bo’lgan eski kunlarni eslarkan, uning tengdoshlari aholi sonini nazorat qilish uchun vazektomiyadan o’tganini afsus bilan xotirlaydi.

Chan Hening 42 yashar otasi Lyu Gven Pil ruhoniy bo’lib, orolni jannat deb ta’riflaydi. U Nokdoda odam kamligidan xafa emas.

“Farzandlarim bemalol o’ynab yurishi mumkin, xavotir olmayman”, - deydi u.

Otaga ko’ra, Chen He hozircha boshlang’ich sinfda o’qiydi, ammo o’rta maktab yoshiga yetganda ta’lim masalasi qanday hal bo’lishini bilmaydi. Hukumatdan yordam ololmasa, bolalarini uyda o’qitishini aytadi.

Janubiy Koreyada yashovchi 51 million odamning qariyb yarmi poytaxt Seulda ekan, uy narxlarining qimmatlayotgani natijasida ham aholi oila qurish yoki farzandlarni ko’paytirishga shoshilmayapti. Koronavirus pandemiyasi yana bir omil.

Jahon bankiga ko’ra, 2045-yilgacha Janubiy Koreya “dunyoning eng qari jamiyati” degan unvonni Yaponiyadan tortib olishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG