Breaking News

Jim Yon Kim - Jahon bankining yangi prezidenti


Jim Yon Kim - Jahon bankining yangi prezidenti (2012-yildan)
Jim Yon Kim - Jahon bankining yangi prezidenti (2012-yildan)

Jahon bankining yangi rahbari aniq bo'ldi. 52 yoshli amerikalik Jim Yon Kim 1-iyuldan bu lavozimga kirishadi.

Yangi prezidentning asl kasbi shifokor va antropolog, Nyu-Gempshir shtatidagi Dartmut kollejining rektori. O'tmishda BMTning SPIDga qarshi kurashuvchi idorasiga bosh bo'lgan, qashshoq davlatlarda sog'liqni saqlash tizimini yaxshilash maqsadida nodavlat tashkilotga asos solgan, Garvard universitetida dars bergan.

Jahon bankining amaldagi rahbari Robert Zellikning besh yillik muddati iyun oxirida tugaydi.

Jim Yon Kim bu lavozimga prezident Obama tomonidan tayinlagan, biroq uning nomzodini Jahon banki direktorlari tasdiqlagan. Nigeriya va Kolumbiyadan ham nomzodlar bo'lgan.

Norasmiy kelishuvga ko'ra, shu kunga qadar Jahon bankiga rahbar Amerikadan, Xalqaro valyuta jamg'armasiga esa Yevropadan bo'lgan. Tanqidchilar nazarida bu adolatdan emas va eskicha amaliyotdir.

Rossiya, Hindiston, Braziliya, Xitoy kabi davlatlar ayniqsa bunga qarshi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG