Breaking News

Braziliya sohillari futbol ishqibozlari bilan to'la


Braziliyada futbol bayrami
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:22 0:00
Rio-de-Janeyrodagi mashhur Kopakabana sohili butun dunyodan kelgan futbol muxlislari bilan gavjum.
Braziliyada futbol bo’yicha jahon kubogi davom etar ekan, Kopakabana sayyohlar bilan to’la. Osmon bulutli, ammo bu minglab futbol muxlislarini ochiq havoga chiqishdan qaytara olmaydi.

Guruh-guruh bo’lib yuradigan muxlislarning o’z jamoalari sharafiga aytayotgan olqishlari tez-tez quloqqa chalinadi. Ayrimlar sohilda to’p tepayotgan bo’lsa, boshqalar Kopakabananing oppoq qumlarida sayl qilmoqda.

Vinsent Bruguis o’z vatani jamoasini qo’llab-quvvatlash uchun Gollandiyadan kelgan.

“Kayfiyat yaxshi, a’lo darajada. Kecha o’yinlarni sohildagi kichik bir kafedan ko’rdik. Gollandiya o’ynaganda esa, stadiondan ko’ramiz”, - deydi u.

Amerikalik Raffin Tanner Ispaniyaning muxlisi.

“Hamma juda do’stona munosabatda. Birinchi kuni avstriyalik yigitlar bilan bo’ldim. Bugun 9 nafar argentinalik bilan tushlik qildik. Men bu yerga yolg’iz kelganman, hamma menga juda yaxshi munosabatda bo’lyapti”, - deydi amerikalik futbol muxlisi.

Braziliyaga kelgan sayyohlarning eng katta qismini argentinaliklar tashkil qilishi kutilyapti. Qo’shni yurtdan o’n minglab futbol muxlislari shu yerda. Lionel ulardan biri. Argentinaning champion bo’lishiga ishonchim baland, deydi u.

“Men bunga ishonaman, doim ishonganman. Ayniqsa, Messidan umidimiz katta”, - deydi u.

Istanbullik ishqiboz esa bosniyaliklar tarafida.

“Men kecha keldim. Samolyotda bosniyaliklarning katta guruhi bilan tanishdim. Shuning uchun ular bilan yuribman. Bizning tarixiy bog’liqligimiz ham bor. Hozircha, mening jamoam shu, Bosniyani qo’llab-quvvatlayman”, - deydi u.

“Futbolni sevaman. Bolalik orzuimni ro’yobga chiqarishni istab, Braziliyaga keldim. Futbol jonu dilim, butun dunyodan kelgan bu odamlarning hammasini yaxshi ko’raman”, - deydi u.

Jahon chempionatiga 13-iyul yakun yasaladi. Ungacha Kopakabana sohilida futbol tantanasi davom etadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG