Mashhur futbolchi bo'lish uchun faqat qoyillatib to'p tepishning o'zi yetmaydi. Yillar davomida har kuni soatlab mashqlar, sinovlar ketidan sinovlar. Sochga ishlov berish uchun ajratiladigan vaqtni ham unutmang. Bu narsa Braziliyada o'tayotgan jahon chempionatida ham yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Bir qarang!
Jahon futboli yulduzlari - gap faqat golda emas, sochga qarang!
- Amerika Ovozi

1
Portugaliya hujumchisi, dunyoning eng yaxshi futbolchisi maqomiga ega Kristiano Ronaldo AQShga qarshi kechgan o'yinga tushish oldidan, Amazoniya stadioni, Manaus, Braziliya, 21-iyun, 2014-yil.

2
Xorvatiyalik Daniel Pranjik Kamerunga qarshi kechgan o'yinda, Amazoniya stadioni, Manaus, Braziliya, 18-iyun, 2014-yil.

3
Fransiya milliy terma jamoasi a'zosi Paul Pogba chempionat oldidan o'tkazilgan matbuot konferensiyasida, Ribeyran-Pretu, Braziliya, 10-iyun, 2014-yil.

4
Braziliyalik futbol yulduzi Neymar Meksikaga qarshi kechgan o'yinda, Fortaleza, Braziliya, 17-iyun, 2014-yil.