Breaking News

Uyini tark etishga majbur bo'lgan odamlar soni dunyoda keskin oshgan


Birlashgan Millatlar Tashkilotining bidirishicha, dunyoda uyini tashlab chiqishga majbur bo’lgan odamlar soni 2020-yil oxiriga borib 82,4 millionga yetgan. Shu kungacha eng yuqori ko’rsatkich. Shulardan kimdir urush tufayli, kimdir ta’qib tufayli, yana kimdir jiddiy siyosiy voqealar sabab qochishga majbur bo’lgan.

Xalqaro hayot – 21-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:25 0:00

“So’nggi 10 yilda qochqinga aylangan yoki uyidan majburan qochgan odamlar soni ikki karra ko’paygani tashvishlanarli holat. Shularning 48 foizi bolalar va yoshlar. Yosh avlod o’z vatanidan ajralib qolmoqda”, - deydi BMTning qochqinlar bo’yicha Oliy komissari yordamchisi Jillian Triggs.

BMT hisobiga ko’ra, dunyoda har 95 kishidan biri majburan ko’chirilganlardan, jumladan Suriya aholisining yarmidan ko’pi – kimdir mamlakat ichkarisida, kimdir esa tashqarisida sarson va darbadar. Qochqinlarning dunyoda eng katta guruhi ham suriyaliklar. Ular yordamga muhtoj, deydi ekspertlar.

“Ular ta’lim bobida ancha ortda qolib ketgan. Biroq ko’p suriyalik qochqinlarning ruhiy salomatligi joyida emas, ko’p aziyat chekishgan. Ruhiy salomatliksiz o’qib va uqib bo’lmaydi. Ular ruhiy madadga muhtoj, ta’limga muhtoj”, - deydi Livanda suriyalik qochqinlar bilan ishlovchi “Meni qutqaring” (Rescue Me) tashkilotidan Nensi Yarmut.

Majburan ko’chirilgan odamlar orasida venesuelaliklar ham ko’p. Son jihatdan ular dunyoda ikkinchi o’rinda turadi. Ko’pi qo’shni Kolumbiyaga qochgan.
So’nggi 10 yilda Markaziy Amerikani ixtiyoriga qarshi tark etgan odamlar soni 50 karra ko’paygan. Aksariyati shimolga – AQSh tomon yo’l olmoqda.

“Qochqinlarni jamiyatga yuk deb ko’rmaslik o’ta muhim. Ularga xaridor, yordamchi sifatida qarash kerak, chunki aslida iqtisodiy o’sishga, taraqqiyotga hissa qo’shishadi”, - deydi AQSh Davlat departamentidan Richard Olbrayt.

BMT hisobotida aytilishicha, 2020-yilda ota-onasiz yo’lga chiqqan bolalar soni mislsiz darajada ko’p bo’lgan. Iqlim o’zgarishining ham migratsiyaga bevosita ta’siri ta’kidlanmoqda.

“Suv, yer kabi resurslarga ehtiyoj katta. Podani boqish, yerni sug’orish muammolashgan. Iqlim o’zgarishining ta’siri katta. Bu esa o’z navbatida mojarolarga, mojarolar esa qochqinlikka yetaklaydi”, - deydi BMT rasmiysi.

BMT hisobotiga ko’ra, ko’chirilganlarning 86 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda qo’nim topgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG