Breaking News

Yaman urushida bolalar ayniqsa aziyat chekmoqda


Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko’ra, Yamanda besh yildan beri davom etayotgan mojarodan bolalar eng ko’p zarar ko’rdi. Minglab qurbonlar, mayib bo’lganlar, qo’lga qurol olib jangovar harakatlarda qatnashgan bolalar…

BMT bosh kotibining bolalar va qurolli mojaro bo’yicha maxsus vakili Martin Griffit Xavfsizlik Kengashiga urushning bolalarga ta’siri haqida so’zladi.

Tashkilot bungacha Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi arab koalitsiyasi hamda hutiy isyonchilarni bolalarga zarar qilmaslikka bir necha bor chaqirgan. O’zaro kurashayotgan har ikki taraf bunga amal qilyapmiz deyishiga qaramay, bolalar orasida qurbonlar soni oshishda davom etmoqda.

Martin Griffitga ko’ra, arab koalitsiyasidan yordam olayotgan Yaman hukumati va hutiylar Qizil dengiz bo’yidagi Xudayda port shahridan jangchilarini olib chiqishga qaratilgan BMT rejasini qabul qildi.

BMT mojaroga yakun yasashga urinayotgan bo’lsa-da, Griffit tomonlar urushni tugatish haqida hali o’ylamayotganini aytadi.

AQSh Kongressining Senati va Vakillar palatasida Amerikaning bu urushda Saudiya Arabistoniga yordamini to’xtatishga qaratilgan rezolyutsiya qabul qilingan edi, biroq Prezident Donald Tramp unga veto qo’ydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG