Breaking News

Yaman urushi gumanitar ofatni keskinlashtirmoqda


Yamanda 2015-yilda boshlangan fuqarolar urushi natijasida minglab odam nobud bo’lmoqda. Nafaqat qurolli to’qnashuvlarda, balki ochlikdan ham. BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi hamda Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti bergan ma’lumotga ko’ra, 73 ming yamanlik ochlikka yuz tutgan, yana 14 millioni ocharchilik yoqasida, besh yoshgacha bo’lgan 1,8 million bola esa to’yib ovqatlanmaydi.

Xalqaro hayot - 8-yanvar, 2019-yil - Yaman urushi gumanitar ofatni keskinlashtirmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:40 0:00

Lina Ali San’at Suha uch yoshda, ammo tashqi ko’rinishdan chaqaloqqa o’xshaydi. Lina tug’ilishi bilan onasi Taiz shahridan qochib, Aden yaqinidagi lagerda joylashdi. Qizaloqda to’yib ovqatlanmaslikning o’tkir formasi shakllandi.

“Avvaliga qizim qusa boshladi, so’ng ahvoli og’irlashdi”, - deydi ona.

Xalqaro xalos qo’mitasi xodimi Nadiya Ahmad Ali Linaga o’xshash bolalarga yordam beradi.

“Urush Linani shu ahvolga soldi. Uni ilk bor ko’rganimda organizm keskin suvsizlanganiga guvoh bo’ldim. Ona-bola to’yib ovqatlanmas edi”, - deydi mutaxassis.

Unga ko’ra, tinch aholi ochlik qurboniga aylanmoqda.

“Bolalar muolajadan so’ng sog’ayib uyiga jo’natiladi, ammo ma’lum vaqtdan so’ng yana ozg’in holda qaytishadi. Ko’plab oilalarning iqtisodiy sharoiti yomon, toza suv kam”, - deydi Nadiya Ali.

Urushdan qochib, sarson bo’lib yurgan odamlarning aksariyati ishsiz, ovqatga puli yo’q.

“Oziq-ovqat qimmatlashgan”, - deydi lagerdagi do’kon egasi Abdulnosir Nasr.

Oziq-ovqat va boshqa turdagi yordamga muhtojlar soni kun-sayin oshmoqda.

Aden shahridagi “Al Sadaqa” kasalxonasiga murojaat qilayotganlar ko’p, ammo pul va resurs tanqisligi barchaga birday yordam berishga imkon bermayapti. Bu ham bolalar orasida o’lim hollariga sabab bo’lishi mumkin.

Bir yarim yashar Saba Muhammadning o’pkasi yallig’langan, to’yib ovqatlanmaydi. Ota-onasi Xudayda shahridagi mojarodan Adenga qochgan.

Mohammed Bahlool Mohammed, Displaced from Hodeida (in Arabic) ))

“Xudaydadagi kasalxona yomon jihozlangan edi. Yo’lda juda charchadik”, - deydi ota.

Jahon oziq-ovqat dasturi vakili Muhammad Ali xalqaro donorlarni Yamanga moliyaviy yordam berishga da’vat etadi.

“Bu yerda 2,5 yildan beri ishlayman. Ahvol borgan-sari yomonlashmoqda. Xudayda bandargohi yopilishi bilan oziq-ovqat tanqislashdi”, - deydi u.

So’nggi paytlarda Yaman mojarosiga barham berishga qaratilgan qadamlar qo’yilmoqda. AQSh Senati Yamanda xutiy isyonchilarga qarshi urush qilayotgan Saudiya Arabistoniga yordamni to’xtatish qaroriga ovoz berdi. Shvetsiyada esa BMT homiyligida o’tgan tinchlik muzokaralari mojaroga yakun yashashga umid bag’ishlayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG