Breaking News

Amerika chivinlar mavsumiga hozirlik ko'rayapti


Mutaxassislarning aytishicha, zika Amerika uchun katta tahdid emas. Mamlakatda sovitgichlar keng qo’llanadi, buning foydasi serob. Lekin Texas shtatidagi shaharlar baribir xavotirda.
Mutaxassislarning aytishicha, zika Amerika uchun katta tahdid emas. Mamlakatda sovitgichlar keng qo’llanadi, buning foydasi serob. Lekin Texas shtatidagi shaharlar baribir xavotirda.

Qo’shma Shtatlar chivinlar mavsumiga, ayniqsa, zika virusi tarqalishi ehtimoliga hozirlik ko’rayapti.

Mutaxassislarning aytishicha, zika Amerika uchun katta tahdid emas. Mamlakatda sovitgichlar keng qo’llanadi, buning foydasi serob. Lekin Texas shtatidagi shaharlar baribir xavotirda.

“Qo’rqamiz, albatta. Braziliya, umuman, Lotin Amerikasida nima bo’lganini bilamiz”, - deydi doktor Jeyms Vursalovich.

Mutaxassisning aytishicha, zikani tashiydigan chivinlar sohilbo’yi shaharlarda yashaydi. Apreldan ularning urug’i keskin ko’payadi.

Versalovich deydiki, bu shaharlarda xuddi Lotin Amerikasi va Karib davlatlarida bo’lgani kabi choralar ko’rish lozim. Chivinlarni nazorat qilish, zikani yuqtirgan odamlarga alohida yordam berish, chivinlar tarqaladigan ko’lmaklardan qutulish ana shular jumlasidan.

Xo’sh, Kasallikni nazorat qilish markazlari, sog’liqni saqlash idoralari qanchalik yordamni ta’minlashi mumkin? Tezkor madad zarur-ku!

“Dalillar shuni ko’rsatmoqdaki, zika virusi mikrosefaliyaga yetaklashi aniq. Chaqaloqlar miyasi mayib bo’lib tug’ilayapti buning oqibatida. Umrbod kasalmand bu bolalar”.

Obama ma’muriyati fevral oyida kasallik bilan olishish uchun Kongressdan 2 milliard dollar so’ragan. Moliya hali tasdiqlanganicha yo’q, tibbiy idoralarga esa pul kerak.

“2008, 2009-yilgi iqtisodiy tanglikdan keyin Amerika sog’liqni saqlash tizimida band 25 foiz xodim ishdan bo’shatilgan edi. Tibbiy muassasalarning byudjeti qisqardi, odamlar ishidan ayrildi va yangi ish o’rinlari yaratilgani yo’q. Mana shunday og’ir sharoitda ishlayapmiz”,- deydi ekspert Stiven Morrison.

Chivinlarni yo’q qilish, kasallik tarqalishiga qarshi kurash, odamlar orasida tushuntirish ishlari olib borish, homilador ayollar va ularning farzandlarini himoya qilish esa katta moliya talab qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG