Breaking News

"Facebook" va "Twitter" rahbarlari Senatda ko'rsatma berdi


AQShdagi ayrim qonunchilar “Twitter” va “Facebook” ijtimoiy sahifalarini so’nggi saylov paytida senzurani ishga solganlikda ayblarkan, kompaniya rahbarlari Kongressdagi tinglovda senatorlar savollariga javob berishdi.

Xalqaro hayot - 18-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:27 0:00

“Facebook” va “Twitter” rahbarlari so’nggi uch haftada ikkinchi bor AQSh Senatida ko’rsatma bermoqda. Mark Zukerberg va Jek Dorsi boshqarayotgan kompaniyalarni saylov paytida senzurani qo’llaganlikda ayblashmoqda.

“Hukumatlardek qudratga ega, an’anaviy ommaviy axborot vositalaridan ancha qudratliroq kompaniyalar bor joyda bir nima bo’lishi kerak”, - deydi respublikachi senator Lindsi Grem.

Ijtimoiy sahifalarning yolg’on ma’lumotlar, nafratga to’la bayonotlar va boshqa ishlarga qarshi harakatlari har ikki partiya qonunchilari diqqatini o’ziga tortdi. Respublikachilar bu sahifalarni senzurada ayblamoqda.

“Biz hukumatga matbuotni nazorat qilishga ruxsat bermaymiz, ammo ijtimoiy muhokama maydonlariga aylangan bu xususiy kompaniyalarning o’zi so’z erkinligini nazorat qilmoqda”, - deydi yana bir respublikachi senator Jon Kornin.

Demokratlar ijtimoiy sahifalarni yolg’on ma’lumotlarga qarshi qattiqroq kurashishga chaqirmoqda.

“Siz odamlarni ishontirish va manipulyatsiya qilishning qudratli vositalarini yaratdingiz”, - deydi demokrat senator Richard Blumental.

Kompaniya rahbarlari islohot kerakligini tan olmoqda.

“Sahifalar mazmuni, saylovlar, shaxsiy hayot, ma’lumot tarqatish kabi narsalarga kelganda internet qoidalarini yangilashni ancha oldin boshlash kerak edi”, - deydi “Facebook” rahbari Mark Zukerberg.

Jek Dorsi algoritmlarning foydalanuvchilarning internetdagi faoliyatiga ta’siri haqida gapirdi.

“Algoritmlarni kontentimizga qo’llash masalasida bizda kattaroq tanlov bo’lishi kerak deb o’ylayman. Ularni qo’llash kerakmikan o’zi? Algoritmlarni yoqish va o’chirish tanlovi bo’lsa, ular taxmin qilayotgan natijalar bo’yicha aniqlikka ega bo’lamiz”, - deydi “Twitter” rahbari.

Bu kompaniyalarning o’zgarishlarga moyillik haqidagi gaplari yangilikdir, deydi ekspertlar.

“Kompaniyalar yangi me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishda Kongress a’zolari bilan murosaga kelish yo’lini topishga tayyor ekanini bildirmoqda”, - deydi Nyu-York universitetidan Pol Barret.

Kuzatuvchilarga ko’ra, yangi qonun texnologik kompaniyalardan kontentni bloklash yoki belgilashga kelganda shaffofroq bo’lishni talab qiladi.

Ijtimoiy sahifalar fikrlarga ta’sir qilish va ularni o’zgartirish qudratiga ega ekan, ular hamisha nazorat ostida bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG