Texasdagi o'zbeklar, 6-qism/Uzbeks in Texas, Part 6

Your browser doesn’t support HTML5

Muhojirlikning o'z talab va sinovlari bor. Ona yurtga xos madaniyat, urf-odatlarni saqlash oson emas. Shu bois Amerikadagi o'zbeklar turli tadbirlar o'tkazib uchrashib turishga harakat qiladi. Vatandoshlar bir-birini taniydi, bir-biriga yordamlashadi, bir-biridan o'rganadi. Yaqinda Texas shtatining Xyuston shahriga borgan Odil Ruzaliev o'zbek jamoasi bilan uchrashib, ularning qanchalik inoq ekaniga guvoh bo'ldi. O'tgan dasturlarimizda jamoaning ayrim vakillari bilan tanishtirgan edik. Texasdagi o'zbeklar haqidagi lavhalarimizning oltinchi, so'nggi qismini tomosha qiling.