Tojikistonda hanuz qishning nafasi kezmoqda

Bozorga dehqonlar molini tashuvchi yuk mashinasi

Xashak bozorida qor bosgan makkapoya egalari xaridor kutmoqda.

Tuni bilan yog'ib chiqqan qor savdoning beliga tepdi. Bozorda xaridor ham, sotuvchi ham siyrak.

Lenin haykallari Tojikistonning ko'plab nohiyalarida hanuz topiladi.

Tojikiston janubida bodom gullagan, tog'li qishloqlarda mevali daraxtlar kurtak yoza boshlagan edi. Bahorgi qor dehqonlar sho'rini quritishi mumkin.

Bozorga sumalak chiqdi.

Bu ko'chalar sho'rolar davridan beri asfaltlanmagan.

Izg'irinli havoda Tojikiston bayrog'i hilpiramoqda.

G'arib kulbalar tomi va devorlar qalin qor bilan qoplangan.

Maktablarda tunuka pechkalarga yana o'tin qalay boshlashdi.

Sovuq kunlarda qoramollar uchun eng yaxshi ozuqa kunjara yemi.

Halinchaklarni qor bosgan, ammo o'yinqaroq bolalar uchun buning ahamiyati yo'q.

Yuk mashinasi qor ostida.

Har safar qor va yomg'irdan so'ng ko'cha qirg'og'idagi ariq loyqa suvga to'ladi.

Qor bozor yo'laklarini abgor holatga keltirgan, ammo savdo to'xtamaydi.

Bu quvurlarga O'zbekistondan tabiiy gaz kelmay qo'yganiga ko'p yillar bo'ldi.

Ko'ngilochar oromgoh endi Navro'zgacha dam oladi.

Zebuniso xonim ko'kdan el uchun ko'klam havosini so'rayotgandek.