Tablig' jamoati - Bayram Balchi- Markaziy Osiyo - Navbahor Imamova

Your browser doesn’t support HTML5

Ayni damda Vashingtonda izlanish olib borayotgan olimlardan biri Bayram Balchi bo’lib, u o’zini o’zbek-turk-fransuz deb tanishtiradi.  2006-2010-yillarda Bayram Balchi (Balci) Toshkentda fransuz ilm maskanini boshqargan. O’zbekistonda yurganida Turkiyaning butun mintaqaga ta’siri va islomiy uyg’onish davrini o’rgangan. Fransuz tilida chiqadigan va aynan Markaziy Osiyoda siyosat, e’tiqod va ijtimoiy hayotni yorituvchi jurnal bosh muharriri. O’tgan yillarda u butun diqqatini Jamoat al-Tablig’ (Tablig’ jamoati) degan harakatga qaratdi.