AQSh bayrog'ini yoqish jinoyat emas, lekin qarshilik kuchli - Navbahor Imamova

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh Oliy sudi so’z erkinligiga oid tarixiy hukm chiqarganiga chorak asr bo’ldi. Davlat bayrog’ini yoqish jinoyat emas. Fuqaro o’z noroziligini shu yo’l bilan bildirishga haqli va konstitutsiya buni kafolatlaydi. 1989-yilda mamlakat bo’ylab keng muhokama qilingan bu masala hamon dolzarbligini yo’qotmagan. Navbahor Imamova hikoya qiladi.