Virjiniya shtati sobiq gubernatori va uning rafiqasi 20 yilgacha qamalishi mumkin - Navbahor Imamova

Your browser doesn’t support HTML5

Virjiniya shtatida sobiq gubernator va uning rafiqasi korrupsiyada aybdor deb topilib, jazo belgilanishini kutmoqda. Bob Makdonnell va umr yo’ldoshi Morin mahalliy tadbirkordan katta sovg’alar olgan. Nima sabab? Oddiy hadya, deydi ular. Pora emas, deydi ular. Sud esa boshqacha xulosa qildi.