O’zbekiston Afg’oniston bilan xavfsizlik bo’yicha hamkorlikni oshirmoqchi

  • Amerika Ovozi

Afg’oniston Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Ahmad Shikib Mustag’niy

Afg’oniston Tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, O’zbekiston Afg’oniston bilan chegara xavfsizligi yuzasidan yaqindan ishlamoqchi.

“Afg’oniston va O’zbekiston tashqi ishlar vazirlari xavfsizlik bo’yicha ishlash zarurligini aytgan. Ikki o’lka chegara qo’riqchilari o’zaro hamkorlik haqida kelishgan”,- deydi Afg’oniston Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Ahmad Shikib Mustag’niy.

O’zbekiston Afg’onistonnning kelajakda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo’lishini yoqlaydi.

Davlatlar ekstraditsiya bo’yicha ham kelishuv imzolagan.

“Tashqi ishlar vazirlari jinoyatchilarni ushlab berish bilan bog’liq bitim ham imzoladi. Shuning o’zi ikki tomonlama ishonch nishonasi”,- deydi Mustag’niy.

Afg’onistonga sotilayotgan elektr narxini tushirish, temir yo’l orqali mahsulot olib kelish borasida ham muzokara o’tgan.

Yaqin kunlarda O’zbekiston delegatsiyasi Afg’onistonga safar qilishi kutilmoqda.

O’zbekiston ko’p yillardan bilan Afg’onistonni tok bilan ta’minlab keladi.

O’zbekistonning muvaqqat rahbari Shavkat Mirziyoyev yaqinda Surxondaryo viloyatiga borganida qo’shni Afg’oniston bilan tijoriy aloqalarni kuchaytirishini aytgan edi.