Kanada masjidida besh kishi o'tib o'ldirilgan

  • Amerika Ovozi

Kvibek, tarixiy maskan, odatda sayyohlarga to'la

Kanadaning Kvibek shahridagi masjidda asr namozidan keyin uch kishi o't ochib besh kishini o'ldirgan. Voqea paytida u yerda qariyb 40 namozxon bo'lgan.

Hujumchilar kimlar va ularga nima bo'lgani noaniq, lekin ikki kishi hibsda.

Kvibek - fransuz kelib chiqishiga ega aholisi bilan tanilgan Kvibek provinsiyasidagi qadim shahar. Rasman Kvibek Siti deb ataladi. Tarixi 17-asr boshiga borib taqaladigan bu go'zal maskan odatda sayyohlar bilan gavjum.

Kanada bo'ylab 1 milliondan oshiq musulmon bo'lsa, 100 mingdan ziyodi aynan Kvibek provinsiyasida yashaydi. Aksariyati fransuz tilida gaplashadigan va sobiq fransuz mustamlakalaridan kelgan muhojirlar va ularning Kanadada tug'ilgan farzandlari.