Xusan Tursunov: Amerikadagi o'zbeklarga kuchli tashkilotlar kerak

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: Xusan Tursunov/Vatandoshlar

O'zini o'zbek yoki o'zbekistonlik deb biladiganlar Amerikada taxminan chorak millionni tashkil etadi. Jamoa kun sayin kengayib bormoqda.

Biroq, deydi Xusan Tursunov, Nyu-Yorkning Kvins tumanida yashab ijod qilayotgan adib, vatandoshlar tarqoq. Ularni birlashtirish kerak, deydi u, mahalliy tashkilotlarga, qolaversa umummamlakat miqyosida.

Suhbatdosh nazarida vatandoshlar o'z manfaatlarini, ham Amerikada va ham O'zbekistonda, birdek himoya qila olishlari lozim.

Birdamlik nafaqat hozirgi hayotni osonlashtiradi, deydi Xusan Tursunov, balki yosh avlod uchun ham imkoniyatlar doirasini kengaytirsa ajabmas.

Bu vatandoshning yoshlarga aytadigan alohida gaplari bor. "Vashington choyxonasi" haftalik ruknimizda tomosha qiling.