General Do’stum tarafdorlarining norozilik namoyishlari davom etmoqda

Your browser doesn’t support HTML5

Afg'onistonda mamlakat vitse-prezidenti va mahalliy o’zbek qo’mondoni general Abdul Rashid Do’stumning Faryobdagi maxsus vakili Nizomiddin Qaysoriy hibsda ekan, tarafdorlari uning ozod etilishi uchun norozilik namoyishlarini davom ettirmoqda.

Norozi namoyishchilar hukumatni davlat idoralari eshiklarini yopib qo’yish bilan ogohlantirmoda.

11 viloyatda davom etayotgan namoyishlarga hukumat ijobiy javob qaytarmagan.

Namoyishchilar ayni holda hukumatni kelasi saylovni boykot qilish haqida ham ogohlantirmoqda. Taxor va Juzjon viloyatlaridagi namoyishchilar mustaqil saylov komissiyasi eshiklarini yopib qo’yishga ulgurgan.

Juzjondagi “Junbish yoshlari” harakati boshlig’i Qudratulloh Vatanning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, hukumat bir qator huquqbuzarliklarga yo'l qoygan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va Nizomiddin Qaysoriy qo’riqchilari deya iddao qilinayotgan rasmlarda hukumat harbiylari Qaysoriy qo’riqchilarini shafqatsizlarcha o'ldirgan, yarador qilgan yoki asir olgan.

Tarqalgan ushbu suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tanqidlarga duch kelmoqda.

“Suratlar qaysi hodisa bilan bog’liq ekanini jiddiy tarzda tekshiramiz”,- deydi hukumat rasmiylari.

General Do’stum tarafdorlari ularning istaklariga ijobiy javob qaytarilmaguncha norozilik namoyishlari davom etishi haqida ogohlantirmoqda.

BBC Afg’on xizmatining hukumatdagi ichonchli manblarga asoslanib xabar berishicha, general Do’stum kelasi hatfa vatanga qaytadi. Prezident Ashraf G’ani va general Do’stum o’rtasida kelishuvga erishilgan.

“Milliy Junbish” partiyasi bu haqda hech nima demayapti.