Bugungi dunyo suratlarda - 10-sentabr, 2018

  • Amerika Ovozi

NASA tashkiloti tomonidan taqdim etilgan suratda AQShning sharqiy qirg'oqlariga tahdid solayotgan Florensiya to'foni aks etgan. 

Pxenyanda Shimoliy Koreya tashkil topganining 70 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbir.

Qutqaruvchilar noma'lum shaxs jasadini portlash ro'y bergan hududdan olib ketmoqda. Mogadishu, Somali.  

Nyu-Jersi shtatining Atlantik siti shahri sahnasida Amerika go'zali Kara Mund Nyu-York go'zali Nia Imani Franklinga toj kiydirdi. 2018-yil, 9-sentabr.

Sikhlarning diniy kitobi Guru Grant Sohibning 414 yilligini nishonlash tadbirida Gatka deb nomlangan an'anaviy jang mahorati namoyish etilmoqda. Amritsar, Hindiston.

Pxenyanda Shimoliy Koreya tashkil topganining 70 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda talabalar ishtiroki.