Bugungi dunyo suratlarda -12-sentabr, 2018

AQShning sharqiy sohillariga Florens to'foni yaqinlashmoqda. U o'zi bilan yomg'ir, toshqin va soatiga 215 kilometr tezlikda esadigan shamollarni olib keladi. Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlarida 1,5 million aholi evakuatsiya qilindi.

Politsiya mashinasi Florens to'fonidan ehtiyot chorasi sifatida navbatchilikda.
Janubiy Karolina shtati. 2018-yil, 11- sentabr.

Suriyaning shimoliy viloyati Idlibda bombardimon davom etar ekan, bolalar yasama protivagazlardan foydalanishni o'rganmoqda.

Florens to'foni yaqinlashayotgani munosabati bilan Emmet Vest qayig'ini uyga eltmoqda.  2018-yil, 11-sentabr. Morxed siti, Shimoliy Karolina.

Chiqindilar hududida axlatini to'kayotgan xizmatchi. Bamako, Mali.

Universal sportchi Husayn Bolt, fransuz astronavti Jan-Fransua Klervoy va dizayner Oktav de Gol maxsus jixozlangan "Zero-G" aerobusida Fransiyaning Reyms shahri uzra parvozda vaznsizlik holatida. 

Ko'chmanchi xalqlar o'yinlaridan lavha. Cho'lpon ota, Qirg'iziston.

Nyu-Yorkda xitoy elektromobilining namoyishi bo'lib o'tdi.